Jahon

“Biz qaramlikdan xalos bo‘lishimiz kerak” — Netanyaxu

Bosh vazir Isroil o‘zining mustaqil qurol ishlab chiqarish tizimini yaratishi kerakligini ta’kidladi.

“Biz qaramlikdan xalos bo‘lishimiz kerak” — Netanyaxu

 

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat mudofaa sanoatini mustaqil rivojlantirish va qurol-yarog‘ masalasida AQShga qaramlikni kamaytirish zarurligini ma’lum qildi deb xabar berdi TASS.

 

G‘arbiy Sohilda kursantlar bilan uchrashuv chog‘ida so‘zga chiqqan hukumat rahbari amerikalik hamkorlarning ko‘magini yuqori baholashini ta’kidlarkan, Isroil o‘zining mustaqil qurol ishlab chiqarish tizimini shakllantirishi lozimligini qayd etgan.

 

“Amerikalik do‘stlarimizning qo‘llab-quvvatlashini chuqur qadrlayman, biroq biz qaramlikdan xalos bo‘lishimiz va o‘zimizning mustaqil qurol ishlab chiqarish tizimimizni yaratishimiz kerak. O‘z qurollarimizni ishlab chiqarishimiz zarur”, — degan Netanyaxu.

 

Bosh vazirning ta’kidlashicha, Isroil hozirda Eron va uning mintaqadagi ittifoqchilari bilan qarama-qarshilik sharoitida bo‘lib, mamlakatning kelajakdagi xavfsizligi va salohiyati o‘z kuchiga tayanish darajasiga bog‘liq.

 

Netanyaxu 3-may kuni Isroil mudofaa sanoatini rivojlantirish maqsadida keyingi o‘n yil ichida mudofaa byudjetini 350 milliard shekelga, ya’ni qariyb 115 milliard dollarga oshirish rejalashtirilayotganini ham eslatib o‘tgan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"