Jahon

Endi firibgarlik va talon-toroj uchun zarar qoplanmasa, shartli ozodlik qo‘llanilmaydi

O‘zbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlarning aniq ro‘yxati tasdiqlandi.

Endi firibgarlik va talon-toroj uchun zarar qoplanmasa, shartli ozodlik qo‘llanilmaydi

 

O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ–1155-son Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi hamda korrupsiyaga oid jinoyatlarning aniq ro‘yxati belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, 167-modda 3-qismi “d” bandi, 168-modda 4-qismi “g” bandi, 192-9, 192-10-moddalari, 192-11-modda 2-qismi “v” bandi, 205-modda 2-qismi “v” bandi, 206-modda 2-qismi “v” bandi, 208-modda 2-qismi, 209-modda 2-qismi “v” bandi, shuningdek, 210, 211, 212, 213, 214, 214-1, 214-2-moddalari hamda 301-modda 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlar korrupsiyaga oid jinoyatlar sifatida belgilandi.

 

Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 243-moddasida nazarda tutilgan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq qilmishlar, agar ular korrupsiyaga oid jinoyatlar natijasida olingan mablag‘lar bilan bog‘liq bo‘lsa, korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiritiladi.

 

Qonunga muvofiq, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish hamda firibgarlik uchun hukm qilingan va sodir etgan jinoyati oqibatida yetkazilgan zararni to‘liq qoplamagan shaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish tartibi qo‘llanilmaydi.

 

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat xaridlari predmetining boshlang‘ich narxi bilan uning o‘rtacha bozor narxi o‘rtasidagi yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori tafovutga oid talablarni buzgan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanilishi belgilandi.

 

Bundan tashqari, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlar tashkil etiladi. Davlat organlari va tashkilotlarida esa komplaens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

 

Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"