Jahon

Fransiyada jazirama oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatning ayrim hududlarida havo harorati 40 darajadan oshdi.

Fransiyada jazirama oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi

 

Fransiyada kuzatilayotgan rekord darajadagi issiq to‘lqini oqibatida so‘nggi ikki kun ichida kamida 18 kishi vafot etdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 22-iyun kuni mamlakatning ayrim hududlarida havo harorati 40 darajadan oshgan. Halok bo‘lganlar orasida yopiq avtomobil ichida hushidan ketgan ikki va to‘rt yoshli ikki nafar bola ham bor. Shuningdek, 80 yoshdan 95 yoshgacha bo‘lgan uch kishi issiq urishi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

 

Yana 13 kishi jazirama tufayli xavfli hududlarda cho‘milish vaqtida cho‘kib ketgan.

 

Bordo mintaqasida havo harorati 41,9 darajaga yetib, o‘tgan yil avgust oyida qayd etilgan rekord yangilangan. Puatye shahrida esa termometrlar 41,2 darajani ko‘rsatib, 1947-yildan buyon kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgan.

 

Shu bilan birga, Yevropaning boshqa davlatlarida ham yangi harorat rekordlari qayd etilmoqda. Ispaniyaning San-Sebastyan shahrida havo harorati 40 darajaga yetgan. Buyuk Britaniya Meteorologiya xizmati esa mamlakatning ayrim hududlarida hafta oxiriga qadar harorat 39 darajadan oshishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

 

Mutaxassislar Yevropaning qator hududlarida anomal issiq ob-havo saqlanib qolishini prognoz qilmoqda.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"