Jahon

Fransiyada jaziramadan saqlanishga uringan 40 kishi cho‘kib halok bo‘ldi

Issiqdan qochishga uringan fuqarolarning nazoratsiz suv havzalarida cho‘milgani fojiaga sabab bo‘lgan.

Fransiyada jaziramadan saqlanishga uringan 40 kishi cho‘kib halok bo‘ldi

Fransiyada davom etayotgan kuchli issiqlik to‘lqini oqibatida 18-iyundan buyon kamida 40 kishi cho‘kib halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Sebastyen Lekornyuga tayanib, Al Arabiya xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, jaziramadan salqinlashish maqsadida ko‘plab fuqarolar nazorat qilinmaydigan daryo, kanal va boshqa suv havzalarida cho‘milishga uringan. Natijada bir necha kun ichida o‘nlab cho‘kish holatlari qayd etilgan. 

 

Fransiya meteorologiya xizmati mamlakatning katta qismida yuqori darajadagi issiqlik xavfi e’lon qilinganini bildirib, ayrim hududlarda havo harorati 43 darajagacha ko‘tarilishi mumkinligini ma’lum qildi. Jazirama tufayli mamlakatda kundalik hayot ham izdan chiqmoqda. 

 

Parij va Bryussel o‘rtasidagi ayrim poyezd qatnovlari bekor qilingan, korxonalar esa xodimlarni issiqdan himoya qilish choralarini kuchaytirgan. Ayrim hududlarda elektr ventilyatorlariga talab keskin oshib, do‘konlarda ular tugab qolgan. 

 

Fransiyaning janubi-sharqidagi Karpantra shahrida esa avtomobil ichida hushsiz holda topilgan ikki nafar bola hayotdan ko‘z yumdi. Mahalliy prokuratura hodisani kuchli issiqlik bilan bog‘liq fojia sifatida baholamoqda. Jazirama Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. 

 

Italiyada 15 shahar uchun eng yuqori darajadagi issiqlik ogohlantirishi e’lon qilingan. Buyuk Britaniyada havo harorati 37 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda, Ispaniyaning ayrim hududlarida esa 44 daraja issiq prognoz qilinmoqda.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"