Jahon

Kongoda noma’lum kasallikdan 14 kishi vafot etdi

Kasallik alomatlari paydo bo‘lgach, o‘lim 24 soat ichida qayd etilmoqda.

Kongoda noma’lum kasallikdan 14 kishi vafot etdi

 

Kongo Demokratik Respublikasining g‘arbiy qismida kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan kasallik 19 kun ichida 14 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda mahalliy deputat Jak Ilungu Openi ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kvilu provinsiyasidagi Mokolo-Biala qishlog‘ida iyun oyining boshidan buyon noma’lum kasallik holatlari qayd etilib, hudud aholisi orasida xavotirli vaziyat yuzaga kelgan.

 

Deputatning ta’kidlashicha, qishloqda kasallik tez tarqalayotgani sababli aholi soni kamayib bormoqda. U markaziy hukumat va sog‘liqni saqlash organlarini zudlik bilan vaziyatga aralashishga va kasallikning tabiatini aniqlashga chaqirgan.

 

Kasallik belgilari sifatida kuchli bosh og‘rig‘i, qorin va tizza og‘rig‘i hamda qayt qilish holatlari qayd etilgan. Bemorlar kasallik juda tez rivojlanishini, o‘lim esa dastlabki alomatlardan so‘ng 24 soat ichida yuz berayotganini bildirishgan.

 

Hozirda mahalliy mutaxassislar tomonidan namunalar to‘planib, laboratoriya sharoitida tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

custom img

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

custom img

AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishi mumkin

Sobiq kongressmen AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini muhokama qilayotganini ma'lum qildi.

custom img

Eron AQSh askarlarini qo‘lga olgan yoki o‘ldirganlar uchun mukofot belgiladi

Ayollar uchun mukofot miqdori ikki baravar bo‘lishi aytildi.

custom img

Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondoni yo‘q qilinganini ma'lum qildi

IDF qo‘mondonning Isroil harbiylariga qarshi hujumlarni, jumladan, dron hujumlarini tayyorlashda ishtirok etganini bildirdi.

custom img

Vengriyada polshalik sayyohlar avtobusi ag‘darilib, 12 kishi halok bo‘ldi

Politsiya haydovchi uxlab qolgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Haydovchi hibsga olingan.

custom img

Ukraina Rossiyaga yuzlab dronlar bilan hujum qildi: Wildberries omborida yong‘in chiqdi

Hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Moskva va boshqa hududlardagi ayrim aeroportlar faoliyati cheklandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"