O'zbekiston

Farg‘onada 18 yoshli qizni Turkiyaga sotmoqchi bo'lgan shaxslar ushlandi

Jinoiy guruh qizni ish va yaxshi daromad va’dasi bilan xorijga ketishga ko‘ndirgan.

Farg‘onada 18 yoshli qizni Turkiyaga sotmoqchi bo'lgan shaxslar ushlandi

 

Farg‘ona viloyatida odam savdosiga aloqador jinoiy guruh faoliyati fosh etildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, Quva tumanida yashab, hozirda Turkiyaning Denizli shahrida istiqomat qilayotgan ayol Farg‘ona shahrida yashovchi sherigi bilan oldindan til biriktirib, yosh qizlarni xorijda yuqori daromadli ish va’dasi bilan aldab, Turkiyaga yuborish bilan shug‘ullanib kelgan.

 

Jinoiy guruhning navbatdagi nishoni Farg‘ona shahrida yashovchi, 2008-yilda tug‘ilgan qiz bo‘lgan. Ular qizni Turkiyada oson ish topish va yaxshi daromad olish imkoniyati borligiga ishontirib, xorijga ketishga ko‘ndirgan. Biroq ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida ularning noqonuniy rejasi o‘z vaqtida fosh etilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Mutasaddilar fuqarolarni xorijda ish taklif qilayotgan shaxslarning va’dalariga ishonishda ehtiyotkor bo‘lishga, ularning faoliyati qonuniyligini tekshirishga hamda shubhali holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga chaqirmoqda.

custom img

Xivada 12,3 gektarlik xalqaro turistik shaharcha barpo etiladi

Majmuada mehmonxonalar, muzey, restoranlar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashtiriladi.

custom img

Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududlarni almashish bo‘yicha keyingi qadamlarni kelishib oldi

Hududlarni almashish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzdi. Guruh aholi fuqaroligi, ko‘chirish, mulkiy huquqlar, yerdan foydalanish va ijtimoiy himoya masalalarini hal qiladi.

custom img

Xorazm viloyatida 176 million dollarlik 12 ta loyiha ishga tushirildi

Yangi loyihalarni ishga tushirish marosimi Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

custom img

Xivada Lyaonin pedagogika universiteti filiali ochildi

Majmuani qurish va jihozlash uchun davlat budjetidan 140 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, bu yerda 120 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

custom img

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari media sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar jurnalistlar malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

custom img

“Odil sudlov – 2030”: sud tizimida yangi islohotlar bosqichi

2027–2030-yillarda barcha tuman va shaharlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etiladi.

custom img

Urganch aeroportidan Xivaga qatnov vaqti 40 daqiqagacha qisqaradi

Davlat rahbari yangi elektropoyezdda Xiva shahriga keldi.

custom img

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Prezident Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"