Sport

JCH-2026. Kolumbiya Kongo DRni mag‘lub etdi va O‘zbekistonning pley-off umidlarini saqlab qoldi

2026 yilgi Jahon chempionatining K guruhi 2-turidan o‘rin olgan Kolumbiya va Kongo DR terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

JCH-2026. Kolumbiya Kongo DRni mag‘lub etdi va O‘zbekistonning pley-off umidlarini saqlab qoldi

Meksikaning Gvadalaxara shahridagi “Estadio Akron” stadionida kechgan bahs taqdirini bitta gol hal qildi. Uchrashuv davomida tashabbus ko‘proq kolumbiyaliklar tomonida bo‘lgan bo‘lsa-da, hisob faqat 76-daqiqaga kelib ochildi. Himoyachi Daniel Munyos raqib darvozasini ishg‘ol etib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.

 

Shu tariqa, Kolumbiya minimal hisobdagi g‘alaba evaziga guruhdagi ikkinchi muvaffaqiyatini qo‘lga kiritdi va ochkolari sonini 6 taga yetkazdi. Kongo DR esa ikki turdan so‘ng bir ochko bilan qolmoqda.

 

Mazkur natija O‘zbekiston terma jamoasi uchun ham ahamiyatli bo‘ldi. Kongo DRning mag‘lubiyati sabab vakillarimiz pley-off uchun nazariy imkoniyatlarni saqlab qoldi. Endi Fabio Kannavaro shogirdlari guruh bosqichining so‘nggi turida aynan Kongo DRga qarshi maydonga tushadi.

 

Maʼlumot oʻrnida, K guruhi 2-turidan so‘ng Kolumbiya 6, Portugaliya 4, Kongo DR 1 ochkodan jamg‘argan bo‘lsa, O‘zbekiston hisobida hozircha ochko yo‘q.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.