Sport

JCH-2026. O‘zbekiston ikkinchi turda Portugaliyaga yutqazdi

O‘zbekiston guruhdagi so‘nggi o‘yinni 28-iyun kuni Kongo DR milliy jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

JCH-2026. O‘zbekiston ikkinchi turda Portugaliyaga yutqazdi

2026 yilgi Jahon chempionatining K guruhi 2-turidan o‘rin olgan Portugaliya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. 

Bahs portugaliyaliklarning tezkor goli bilan boshlandi. Uchrashuvning 6-daqiqasida Krishtianu Ronaldu hisobni ochgan bo‘lsa, 17-daqiqada Nunu Mendesh jamoasining ustunligini mustahkamladi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Ronaldu yana bir bor gol urib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib keldi.

 

Ikkinchi bo‘limda ham Portugaliya ustunlikni qo‘ldan boy bermadi. 60-daqiqada Abduvohid Ne’matov darvozasiga avtogol qayd etildi. Uchrashuvning 88-daqiqasida esa Rafael Leau yakuniy nuqtani qo‘ydi. Shu tariqa, Krishtianu Ronaldu dubl qayd etgan bahsda Portugaliya O‘zbekistonni 5:0 hisobida mag‘lub etdi va musobaqadagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

 

O‘zbekiston esa ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. K guruhi 3-turida O‘zbekiston Kongo DRga, Portugaliya esa Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.