Sport

O‘zbekiston Portugaliyaga yutqazdi: Kannavaro o‘yin haqida nimalar dedi?

Bosh murabbiy mundialdagi ishtirok jamoa uchun muhim tajriba bo‘layotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston Portugaliyaga yutqazdi: Kannavaro o‘yin haqida nimalar dedi?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro JCH–2026 guruh bosqichining 2-turida Portugaliyaga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgach, matbuot anjumanida o‘yin yuzasidan fikr bildirdi.

 

Murabbiy Jahon chempionatidagi ilk ishtirok jamoa uchun katta tajriba bo‘layotganini ta’kidlab, natijaga qaramay futbolchilarining harakatidan mamnun ekanini aytdi. 

 

"Albatta Jahon chempionatidagi ilk ishtirok oson boʻlmasligi tabiiy. Qur’a natijalari chiqqanidan so‘ng Kolumbiya va Portugaliyani ko‘rib, bizni juda qiyin guruh kutayotganini kutgandik.

 

Kolumbiyaga qarshi o‘yindan keyin ham jamoamdan faxrlanishimni aytgandim, bugun ham jamoam bilan faxrlanaman. Chunki ularni ko‘rdim. Ha, qiyinchiliklarga duch kelishdi, ammo bir soniya ham taslim bo‘lishmadi.

 

Albatta, barcha chiziqlarda yuqori saviyadagi futbolchilarga ega jamoaga qarshi o‘ynash doim qiyin. Shubhasiz, ular juda katta motivatsiya bilan maydonga tushishgan edi. Biroq aytganimdek, bu Jahon chempionati biz uchun tajriba", dedi Kannavaro.

 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston in milliy terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turida Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 28-iyun kuni soat 04:30 da boshlanadi.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.