O'zbekiston

“Sharq maqomotining yangi tendensiyalari: an’ana va innovatsiyalar uyg‘unligi” — Namanganda III Xalqaro maqom san’ati forumi bo'lib o'tmoqda

Anjumanda dunyoning 50 ga yaqin davlatidan 100 ga yaqin taniqli san’atshunos, musiqashunos va adabiyotshunos olimlar ishtirok etadi.

“Sharq maqomotining yangi tendensiyalari: an’ana va innovatsiyalar uyg‘unligi” — Namanganda III Xalqaro maqom san’ati forumi bo'lib o'tmoqda

 

2026-yil 23–26-iyun kunlari Namangan shahrida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida o‘tkazilayotgan III Xalqaro maqom san’ati forumi doirasida 24–25-iyun kunlari “Sharq maqomotining yangi tendensiyalari: an’ana va innovatsiyalar uyg‘unligi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'tkaziladi.

 

Mazkur anjuman O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda milliy musiqa merosini asrab-avaylash, uni ilmiy o‘rganish va xalqaro miqyosda targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilmoqda.

 

Konferensiya davomida Sharq maqomoti an’analarini zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tadqiq etish, maqom, mug‘om, makam, dastgoh va muqom kabi turdosh musiqiy tizimlar o‘rtasidagi tarixiy, nazariy va ijrochilik aloqalarini tahlil qilish, shuningdek, maqom san’atida an’ana va innovatsiyalarning uyg‘unligini ilmiy-amaliy jihatdan yoritish masalalari muhokama qilinadi.

 

Anjumanda dunyoning 50 ga yaqin davlatidan 100 ga yaqin taniqli san’atshunos, musiqashunos va adabiyotshunos olimlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda soha ekspertlari ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida Turkiy davlatlar tashkiloti, TURKSOY, Xalqaro musiqa va raqs an’analari kengashi (ICTMD), Jahon musiqasi xalqaro instituti, Xalqaro mug‘om markazi va boshqa nufuzli tuzilmalar vakillari bor.

 

Konferensiya doirasida xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlarini imzolash, ilmiy va ta’limiy aloqalarni kengaytirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti hamda S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent filiali hamkorligida “Rajabiy kodi: Maqomning raqamli xotirasi” nomli maxsus qisqa metrajli film yaratilmoqda. Unda maqom san’atining tarixiy ildizlari, bugungi taraqqiyoti va xalqaro forum doirasidagi ilmiy-madaniy tadbirlar aks ettiriladi.

 

Anjuman doirasida Koreya musiqa terapiyasi assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda maqom san’atining inson ruhiyati, ma’naviy tarbiya va madaniy terapiya jarayonlaridagi imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan istiqbolli loyihalar ham ko‘rib chiqiladi.

 

Konferensiya uchta asosiy yo‘nalishda faoliyat olib boradi. Jumladan, Sharq maqomotining zamonaviy ta’lim va madaniy integratsiya istiqbollari, maqom san’atining tarixiy taraqqiyoti va manbashunoslik muammolari, shuningdek maqomot tizimining ilmiy-nazariy hamda amaliy masalalari yuzasidan muhokamalar tashkil etiladi.

 

Mutaxassislar, olimlar, ijrochilar va pedagoglar ishtirokidagi ilmiy muloqotlar davomida maqom san’atining bugungi holati va istiqbollariga oid takliflar ishlab chiqilishi, forum yakunida esa maqom san’ati taraqqiyotiga bag‘ishlangan muhim rezolyutsiya qabul qilinishi kutilmoqda.

 

Ta’kidlash joizki, Xalqaro maqom san’ati forumi 2018-yildan buyon har ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinmoqda. Dastlabki forum Shahrisabz shahrida, ikkinchi forum esa Jizzax viloyatining Zomin tumanida tashkil etilgan bo‘lib, ularda o‘nlab davlatlardan yuzlab san’atkorlar, olimlar va maqom ijrochilari ishtirok etgan.

 

III Xalqaro maqom san’ati forumi va uning doirasidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘zbek milliy musiqa merosini asrab-avaylash, uni zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish hamda xalqaro miqyosdagi ilmiy va madaniy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim maydon sifatida e’tirof etilmoqda.

89 ta o‘lim: 2026-yilda moped va skuterlar ishtirokida 563 ta YTH qayd etildi

89 ta o‘lim: 2026-yilda moped va skuterlar ishtirokida 563 ta YTH qayd etildi

Qoidabuzarliklar soni bir yil ichida qariyb 20 barobarga oshgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.