Jahon

Venesueladagi kuchli zilzilalar oqibatida 164 kishi halok bo'ldi

971 nafardan ortiq fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Venesueladagi kuchli zilzilalar oqibatida 164 kishi halok bo'ldi

 

Venesuelada 24-iyun kuni sodir bo‘lgan ikki kuchli zilzila oqibatida kamida 164 kishi halok bo‘gan, 971 nafardan ortiq fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, magnitudasi 7,2 va 7,5 ga teng bo‘lgan yer silkinishlari mamlakat poytaxti Karakasdan taxminan 160 kilometr g‘arbda qayd etilgan. Kuchli zilzilalar natijasida bir qator hududlarda binolar qulab tushgan, infratuzilmaga jiddiy zarar yetgan.

 

Venesuela muvaqqat prezidenti Delsi Rodriges milliy televideniye orqali qilgan murojaatida hodisani “chinakam fojia” deb baholab, qutqaruv xizmatlari vayronalar ostida qolgan fuqarolarni qidirish va ularni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish bo‘yicha uzluksiz ish olib borayotganini ma’lum qilgan.

 

AQSh Geologik xizmati (USGS) zilzila yuzasidan qizil xavf darajasini e’lon qilgan. Tashkilotning PAGER avtomatlashtirilgan monitoring tizimi dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatlari yanada og‘ir bo‘lishi va qurbonlar soni ancha yuqori bo‘lish ehtimoli mavjud bo‘lgan.

 

Shuningdek, mutaxassislar zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan iqtisodiy zarar mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini qayd etmoqda.

 

Ayni paytda zarar ko‘lami va qurbonlar soniga oid ma’lumotlarga aniqlik kiritish ishlari davom etmoqda.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"