Jahon

Qirg‘izistonda o‘zbekistonlik ayol daryoda cho‘kib, halok bo'ldi

Ichida 4 kishi bo‘lgan avtomobil daryoga tushib ketgan. 3 nafar erkak omon qolgan. Ayol oqib ketgan.

Qirg‘izistonda o‘zbekistonlik ayol daryoda cho‘kib, halok bo'ldi

Qirg‘izistonning To‘xtag‘ul tumanida avtomobil Chichqon daryosiga qulab tushishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib, Sputnik Kyrgyzstan xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa 22-iyun kuni sodir bo‘lgan. Avtomobilda to‘rt kishi — uch nafar erkak va 45 yoshli ayol bo‘lgan.

 

Hodisa oqibatida erkaklar o‘z kuchi bilan avtomobildan chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq ayolni daryo oqimi oqizib ketgan.

 

Qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida oradan to‘rt kun o‘tib qutqaruvchilar uning jasadini topdi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga topshirdi.

 

Marhumaning O‘zbekiston fuqarosi ekani ma’lum qilingan. Hodisa yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"