Jahon

Venesuelada kuchli zilzila qurbonlar soni 235 kishiga yetdi

4300 dan ortiq kishi turli darajadagi tan jarohati olgan.

Venesuelada kuchli zilzila qurbonlar soni 235 kishiga yetdi

 

Venesuelada sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar oqibatida qurbonlar soni 235 kishiga yetdi, 4300 dan ortiq kishi turli darajadagi tan jarohati olgan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Karlos Alvarado ma’lum qildi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, eng og‘ir vaziyat La Guayra shtatida kuzatilmoqda. Hududda eng ko‘p qurbonlar va jabrlanganlar qayd etilgan bo‘lib, qutqaruv va tibbiy yordam ishlari kuchaytirilgan tartibda davom ettirilmoqda. Ayni paytda qurolli kuchlar, Venesuela Qizil Xochi hamda xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan tashkil etilgan dala gospitalari faoliyat yuritmoqda.

 

Vazirning aytishicha, zilziladan so‘ng darhol mamlakat bo‘ylab favqulodda vaziyatlarga javob berish tizimi ishga tushirilgan. Eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlarga 5 mingdan ortiq tibbiyot xodimi, jumladan 1200 dan ortiq shifokor yuborilgan.

 

Zilzila Venesuela qirg‘oqlari yaqinida sodir bo‘lgan. Ketma-ket qayd etilgan ikki yer silkinishining magnitudasi mos ravishda 7,2 va 7,5 ballni tashkil etgan. Ularning epitsentri Moron shahridan 16 kilometr va San Felipe shahridan 24 kilometr uzoqlikda joylashgan.

 

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 8 ta kasalxona, 20 ta savdo markazi va 68 ta infratuzilma obyekti zarar ko‘rgan. Shuningdek, 250 ta bino shikastlangan yoki butunlay vayron bo‘lgan. Ayrim tibbiyot muassasalari xavfsizlik nuqtai nazaridan evakuatsiya qilingan.

 

The New York Times nashrining yozishicha, ushbu zilzila Venesuelada so‘nggi 126 yil ichidagi eng kuchli yer silkinishi bo‘lishi mumkin.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"