Jahon

Venesuelada zilzila ortidan vayronalar orasida chaqaloq tug‘ildi

Tug‘ruq elektr energiyasi va zarur tibbiy jihozlar bo‘lmagan sharoitda amalga oshirilgan.

Venesuelada zilzila ortidan vayronalar orasida chaqaloq tug‘ildi

 

Venesuelada yuz bergan kuchli zilzilalar oqibatida qulab tushgan bino vayronalari orasida qolgan ayol ko‘ngillilar yordami bilan chaqaloqni dunyoga keltirdi. Bu haqda El Mundo nashri xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, tug‘ruq elektr energiyasi va zarur tibbiy jihozlar bo‘lmagan sharoitda amalga oshirilgan. Ko‘ngillilar ayolga birlamchi yordam ko‘rsatib, ona va chaqaloqning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 24-iyun kuni Venesuelada qisqa vaqt oralig‘ida magnitudasi 7,2 va 7,5 bo‘lgan ikkita kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng yana 30 ga yaqin takroriy yer silkinishlari qayd etilgan.

 

So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 235 kishi halok bo‘lgan, 4300 nafardan ortiq jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. O‘nlab turar joy binolari vayron bo‘lgan, infratuzilma va tibbiyot muassasalari jiddiy zarar ko‘rgan. Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilinib, La Guaira shtati falokat hududi deb e’lon qilingan.

 

Shuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Venesuela xalqiga hamdardlik bildirib, zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qilgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"