Sport

Husanov JCh-2026 ishtirokchilari orasida eng ko‘p daromad topuvchi futbolchilar qatoriga kirdi

Forbes Sport taqdim etgan ro‘yxatda Krishtianu Ronaldu yetakchilik qilmoqda.

Husanov JCh-2026 ishtirokchilari orasida eng ko‘p daromad topuvchi futbolchilar qatoriga kirdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov Jahon chempionati–2026 ishtirokchilari orasidagi eng ko‘p daromad topuvchi futbolchilar reytingidan joy oldi. 

 

Forbes Sport tomonidan e’lon qilingan reytingga ko‘ra, 21 yoshli himoyachi 38-o‘rinni egalladi. U ro‘yxatdan o‘rin olgan yagona o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Husanovning bir yillik umumiy daromadi 6,2 million dollarni tashkil etadi. Shundan 5 million dollari klubdagi maoshi va futbol faoliyatidan olinadigan daromad bo‘lsa, qolgan 1,2 million dollar reklama shartnomalari, tijorat loyihalari hamda boshqa tijoriy faoliyatlar hisobiga to‘g‘ri keladi. 

 

Reytingning birinchi pog‘onasidan yillik 280 million dollar daromad bilan Krishtianu Ronaldu joy oldi. Ikkinchi o‘rinni 130 million dollar bilan Lionel Messi egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni 95 million dollar daromadga ega Kilian Mbappe yakunlab bergan. 

 

Husanovning ushbu reytingdan o‘rin olgani uning nafaqat sportdagi, balki tijoriy jihatdan ham jahon futbolida o‘z o‘rnini mustahkamlab borayotganini ko‘rsatadi.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.