Sport

JCH-2026: Belgiya guruh g‘olibi bo‘ldi, Misr esa pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Yangi Zelandiya 1 ochko bilan musobaqani guruh bosqichidayoq yakunladi.

JCH-2026: Belgiya guruh g‘olibi bo‘ldi, Misr esa pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

2026 yilgi Jahon chempionatining G guruhida 3-tur uchrashuvlari yakunlandi. So‘nggi tur natijalariga ko‘ra, Belgiya va Misr 1/16 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Eron esa eng yaxshi uchinchi o‘rin egalari safidan joy olish umidini saqlab qoldi. 

 

Guruhning markaziy bahsida Misr va Eron terma jamoalari 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvning 5-daqiqasida Mahmud Saber misrliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Ramin Rizoyan muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoada ham g‘alaba qozonish uchun imkoniyatlar bo‘ldi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Shoja Halilzodaning goli ofsayd sabab bekor qilindi va bahs durang bilan yakunlandi. 

 

Parallel uchrashuvda Belgiya Yangi Zelandiyani yirik — 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Leandro Trossard dubl qayd etgan bo‘lsa, Kevin de Bryuyne, Romelu Lukaku va Aleksis Salemakers bittadan gol urdi. Yangi Zelandiyaning yagona javob goliga Elijya Jast mualliflik qildi. Natijada Belgiya 5 ochko bilan to‘plar nisbatiga ko‘ra G guruhi g‘olibiga aylandi. 

 

Xuddi shuncha ochko jamg‘argan Misr ikkinchi o‘rinni egallab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Eron 3 ochko bilan uchinchi pog‘onada qolib, eng yaxshi uchinchi o‘rin egalari qatoridan joy olish imkoniyatini saqlab qoldi. Yangi Zelandiya esa 1 ochko bilan musobaqani guruh bosqichidayoq yakunladi.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.