Sport

JCH-2026: Fransiya va Ispaniya guruh g‘olibi sifatida pley-offga yo‘l oldi, Kabo-Verde tarixiy natija qayd etdi

Urugvay va Saudiya Arabistoni Jahon chempionatini tark etdi.

JCH-2026: Fransiya va Ispaniya guruh g‘olibi sifatida pley-offga yo‘l oldi, Kabo-Verde tarixiy natija qayd etdi

2026 yilgi Jahon chempionatida I va H guruhlarida 3-tur uchrashuvlari yakunlandi. Kun o‘yinlaridan so‘ng Fransiya va Ispaniya o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Mundial debyutchisi Kabo-Verde esa tarixiy natija qayd etib, ilk ishtirokidayoq guruhdan chiqishga muvaffaq bo‘ldi. 

 

I guruhining markaziy uchrashuvida Fransiya Norvegiyani 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Bahs qahramoni Usmon Dembele bo‘lib, u birinchi bo‘limning o‘zida 7, 20 va 32-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, het-trik qayd etdi. Norvegiyaliklar Telo Osgorning bitta goli bilan javob qaytardi, biroq bu mag‘lubiyatning oldini olish uchun yetarli bo‘lmadi. Ikkinchi bo‘limda Yorgen Strand Larsen penaltidan foydalana olmadi, qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Dezire Due Fransiyaning to‘rtinchi golini urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi. 

 

Guruhning ikkinchi bahsida Senegal Iroqni yirik — 5:0 hisobida taslim etdi. Habib Diarra hisobni 4-daqiqadayoq ochdi. 13-daqiqada iroqlik himoyachi Rebin Sulaka qizil kartochka olib maydonni tark etgach, afrikaliklar son jihatdan ustunlikdan unumli foydalandi. Ikkinchi bo‘limda Ismoil Sarr, Pape Geye va Iliman Ndiaye gol urib, Senegalning ishonchli g‘alabasini ta’minladi. 

 

Natijada Fransiya 9 ochko bilan guruh g‘olibiga aylandi, Norvegiya esa 6 ochko bilan ikkinchi o‘rindan pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Senegal 3 ochko bilan eng yaxshi uchinchi o‘rin egalari safidan joy olish uchun kurashni davom ettiradi. Iroq esa ochkosiz musobaqani tark etdi. 

 

H guruhida Ispaniya Urugvay ustidan minimal — 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golni 42-daqiqada Aleks Baena kiritdi. Ikkinchi bo‘limda urugvayliklar hisobni tenglashtirishga urindi, biroq Ispaniya himoyasi ishonchli o‘yin namoyish etdi. Bahsning so‘nggi daqiqalarida Urugvay futbolchisi Agustin Kanobbio qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 

 

Parallel uchrashuvda Kabo-Verde va Saudiya Arabistoni 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Ushbu natija Afrika vakillariga tarixiy muvaffaqiyat keltirdi. Mundialda ilk bor ishtirok etayotgan Kabo-Verde uchta durang bilan 3 ochko jamg‘ardi va guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

 

Shu tariqa, H guruhida Ispaniya 7 ochko bilan birinchi, Kabo-Verde 3 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Urugvay va Saudiya Arabistoni esa 2 ochkodan jamg‘argan holda Jahon chempionati bilan xayrlashdi.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.