Sport

“Kongoga qarshi o‘yin osonroq bo‘ladi”: Kannavaro ertangi o‘yin oldidan fikrlarini aytdi

JCH-2026 guruh bosqichi doirasida o‘tkaziladigan O‘zbekiston – Kongo uchrashuvi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

“Kongoga qarshi o‘yin osonroq bo‘ladi”: Kannavaro ertangi o‘yin oldidan fikrlarini aytdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Kongo terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan matbuot anjumani o‘tkazib, bo‘lajak bahs, tarkib tanlovi va jamoaning maqsadlari haqida fikr bildirdi.

 

JCH-2026 guruh bosqichi doirasidagi O‘zbekiston – Kongo uchrashuvi 28-iyun kuni soat 04:30 da (Toshkent vaqti bilan) AQSHning Atlanta shahridagi Mercedes-Benz Stadiumda bo‘lib o‘tadi. Kannavaro bo‘lajak raqibni Kolumbiya va Portugaliya bilan taqqoslar ekan, nazariy jihatdan Kongoga qarshi o‘yin yengilroq kechishi kerakligini ta’kidladi. 

 

“Ertangi raqibimiz Kolumbiya va Portugaliya bilan solishtirganda ancha osonroq. Biz uchun nazariy jihatdan biroz yengilroq bo‘ladi, chunki tarkib jihatidan eng kuchli jamoalarga qarshi o‘ynab bo‘ldik. Endi ijobiy natija qayd etish haqida o‘ylayapmiz”, — dedi bosh murabbiy. 

 

Shuningdek, u darvozabon Abduvohid Ne’matovning asosiy tarkibda maydonga tushirilishi sabablariga ham to‘xtaldi. Murabbiyga ko‘ra, Ne’matov terma jamoa va o‘rtoqlik uchrashuvlarida o‘zini yaxshi ko‘rsatgani bois unga imkoniyat berilgan. 

 

Kannavaro jahon chempionati futbolchilarga xalqaro tajriba berishi kerakligini qayd etib, jamoada Ne’matov kabi darvozabon bor ekan, undan foydalanish tabiiy qaror ekanini aytdi. 

 

Ma’lum qilinishicha, Kolumbiya va Portugaliyaga qarshi uchrashuvlarda O‘zbekiston safida jami 22 nafar futbolchi maydonga tushgan. Hozircha faqat to‘rt futbolchi — uchinchi darvozabon Botirali Ergashev, Avazbek O‘lmasaliyev, Umar Eshmurodov va Jamshid Iskanderov jahon chempionatida debyut qilmagan. Murabbiy 22 nafar futbolchini o‘ynatish qarorini izohlar ekan, bu jamoa uchun foydali bo‘lganini va futbolchilar kuchli raqiblarga qarshi o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rganini ta’kidladi. 

 

Matbuot anjumanidan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi Kongo bilan uchrashuv oldidan so‘nggi mashg‘ulotni o‘tkazdi. Kannavaro, shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi kelajakda Osiyoning yetakchi jamoalari — Iordaniya, Iroq, Yaponiya va Avstraliya darajasiga chiqishi lozimligini ham ta’kidladi.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.