Sport

UFC: Nursulton Ro‘ziboyev raqibini ilk raunddayoq taslim etib, UFC’dagi 5-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi UFC Fight Night 280 turnirida rossiyalik Andrey Pulyayevni ilk raunddayoq sabmishen usuli bilan mag‘lub etdi.

UFC: Nursulton Ro‘ziboyev raqibini ilk raunddayoq taslim etib, UFC’dagi 5-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilgan UFC Fight Night 280 turnirida o‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi jangini o‘tkazdi. U o‘rta vazn toifasidagi bahsda rossiyalik Andrey Pulyayevga qarshi oktagonga chiqdi.

 

Uch raundga mo‘ljallangan reyting jangi uzoq davom etmadi. Ro‘ziboyev ilk raundning o‘zidayoq raqibini sabmishen (og‘rituvchi usul) orqali taslim etib, muddatidan oldin g‘alaba qozondi.

 

Mazkur natija bilan o‘zbekistonlik sportchi professional MMA faoliyatidagi 37-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Uning hisobida, shuningdek, 9 ta mag‘lubiyat va 2 ta durang mavjud.

 

Bu Ro‘ziboyevning UFC’dagi oltinchi jangi bo‘ldi. Ushbu g‘alabadan so‘ng uning promoushendagi statistikasi 5 g‘alaba va 1 mag‘lubiyatni tashkil etmoqda.

 

28 yoshli Andrey Pulyayev esa professional faoliyatidagi 5-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Uning hisobida 10 ta g‘alaba bor.

 

Eslatib o‘tamiz, Nursulton Ro‘ziboyev avval UFC 319 turnirida amerikalik Brayan Battlga qarshi jang o‘tkazishi kerak edi. Biroq raqib vazn me’yorini bajara olmagani sababli ushbu bahs so‘nggi pallada bekor qilingandi.

 

Ma’lumot uchun, UFC Fight Night 280 turnirining markaziy jangi Rafael Fiziyev hamda Manuel Torres o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"