Jahon

Saudiya Arabistonida vertolyot halokatga uchradi, 14 kishi halok bo‘ldi

Vertolyot neft giganti Aramco kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. Kompaniya to‘rt oy davom etgan tanaffusdan so‘ng xom neft yuklash ishlarini qayta tiklagan edi.

Saudiya Arabistonida vertolyot halokatga uchradi, 14 kishi halok bo‘ldi

Saudiya Arabistonining davlat axborot agentligi xabariga ko‘ra, mamlakatning neft giganti Aramco kompaniyasiga tegishli vertolyot 28-iyun kuni mamlakatning sharqiy sohilidagi Ras Tanura hududida halokatga uchradi, deya xabar bermoqda Reuters. 

 

Ma’lum qilinishicha, vertolyot mahalliy vaqt bilan soat 06:00 atrofida qulagan. Hodisa oqibatida 14 nafar Saudiya fuqarosi halok bo‘lgan. Halokat sabablari hozircha noma’lum.

 

Davlat axborot agentligi tegishli idoralar hodisa yuzasidan to‘liq tergov boshlanganini ma’lum qildi. Aramco esa voqea yuzasidan yuborilgan so‘rovga hozircha javob bermagan.

 

Qayd etilishicha, Aramco kompaniyasi qariyb to‘rt oy davom etgan tanaffusdan so‘ng juma kuni Fors ko‘rfazidagi Ras Tanura terminalida xom neft yuklash ishlarini qayta tiklagan edi.

 

Xabarga ko'ra, Saudiya Arabistoni dunyodagi eng yirik neft eksportchilaridan biri hisoblanadi. Mamlakat Yaqin Sharqdagi ishlab chiqaruvchilar qatorida AQSH va Eron o‘rtasidagi urushni to‘xtatishga qaratilgan vaqtinchalik kelishuv fonida neft va gaz ishlab chiqarish hamda eksport hajmini oshirgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"