Jahon

Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1 430 nafarga yetdi

Tabiiy ofatdan keyin 68,9 ming nafarga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan.

Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1 430 nafarga yetdi

Venesuelada sodir bo‘lgan vayronkor qo‘shaloq zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 1 430 nafarga yetdi. Mamlakat rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, kamida 68 ming 900 kishi bedarak yo‘qolgan.

 

Ma’lum qilinishicha, tabiiy ofatdan uch kun o‘tganiga qaramay, qidiruv-qutqaruv ishlari uzluksiz davom etmoqda. Mutaxassislar zilziladan keyingi dastlabki 48–72 soat omon qolganlarni topish uchun eng muhim davr ekanini ta’kidlamoqda.

 

Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodrigesning ma’lum qilishicha, eng ko‘p zarar ko‘rgan La Guayra shtatiga 14 mingdan ortiq harbiy va politsiya xodimi safarbar etilgan. Hududga olib boruvchi barcha avtomobil yo‘llari vaqtincha yopilgan.

 

Shu bilan birga, mahalliy aholi hukumatning tabiiy ofatga qarshi ko‘rayotgan choralari yetarli emasligini bildirib, ayrim hududlarda fuqarolar yaqinlarini vayronalar ostidan o‘z kuchlari bilan qidirishga majbur bo‘layotganini ta’kidlamoqda.

 

Ayni paytda Venesuelaga xalqaro yordam hajmi ham ortmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qutqaruvchilar, maxsus texnikalar va qidiruv itlarini olib kelgan kamida 17 ta xalqaro reys mamlakatga yetib kelgan.

 

Jumladan, Germaniyaning Texnik yordam xizmati (THW) tarkibidagi 48 nafar mutaxassisdan iborat qutqaruv guruhi ham Karakas shahriga yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlariga qo‘shilgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"