Jahon

Fransiyada samolyot qulashi oqibatida 11 kishi halok bo'ldi

Parashyutchilarni olib ketayotgan samolyot bortidagi talabalar, instruktorlar va uchuvchi voqea joyida vafot etgan.

Fransiyada samolyot qulashi oqibatida 11 kishi halok bo'ldi

 

Fransiyaning sharqida joylashgan Tomblen shahrida parashyutchilarni olib ketayotgan yengil fuqarolik samolyoti halokatga uchrashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, halokat oqibatida samolyot uchuvchisi hamda bortdagi 10 nafar yo‘lovchi — besh nafar talaba va besh nafar instruktor voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, parashyut maktabiga tegishli samolyot Nensi-Essaye aerodromidan parvoz qilgan va ko‘p o‘tmay Tomblen shahridagi savdo markazi yaqiniga qulagan.

 

Merte-et-Mozel departamenti prefekti Iv Seguyning ma’lum qilishicha, samolyot deyarli tik holatda aerodrom chetidagi hududga qulagan. Hodisa turar joylarga juda yaqin joyda sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, yerda qo‘shimcha qurbonlar qayd etilmagan.

 

Voqea joyiga 50 nafar o‘t o‘chiruvchi, 25 ta maxsus texnika, politsiya va fuqarolik muhofazasi xodimlari safarbar etilgan. Hozirda aviahalokat sabablari yuzasidan sud-texnik ekspertiza va tergov ishlari olib borilmoqda.

 

Fransiya transport vaziri ushbu hodisani “dahshatli fojia” deb baholagan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"