Jahon

Venesuelada zilzila qurbonlari soni 1 450 nafarga yetdi

12 700 nafardan ortiq fuqaro o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan.

Venesuelada zilzila qurbonlari soni 1 450 nafarga yetdi

 

Venesuelada sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 1 450 nafarga yetdi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotgan bo‘lsa-da, minglab odamlarning taqdiri hanuz noma’lumligicha qolmoqda. Bu haqda The Associated Press xabar berdi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 3 150 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan, 12 700 nafardan ortiq fuqaro o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan. Shuningdek, 774 ta bino butunlay qulab tushgan.

 

Eng katta talafot Karakas shahridan taxminan 40 kilometr shimolda joylashgan La Guayra shtatida qayd etilgan. Mazkur hududda qutqaruvchilar vayronalar ostida qolganlarni izlash ishlarini davom ettirmoqda.

 

Venesuela hukumati qutqaruv va tiklash ishlari uzluksiz davom etayotganini ma’lum qilgan. Rasmiylarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda ham vayronalar ostidan tirik fuqarolar qutqarib olinmoqda.

 

Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlariga xalqaro hamjamiyat ham jalb etilgan. Turli davlatlardan 2 600 nafardan ortiq qutqaruvchi va maxsus texnikalar Venesuelaga yetib kelib, qidiruv-qutqaruv operatsiyalarida ishtirok etmoqda.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, zilziladan keyingi dastlabki 72 soat vayronalar ostida qolganlarni tirik holda qutqarish uchun eng muhim davr hisoblanadi. Shu sababli qidiruv ishlari maksimal tezlikda davom ettirilmoqda.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"