Jahon

Germaniyada vasiylik mojarosi sabab otishma yuz berdi

Qurolli hujum oqibatida 6 kishi halok bo'lgan.

Germaniyada vasiylik mojarosi sabab otishma yuz berdi

 

Germaniya shimolidagi Stade shahrida joylashgan yoshlar va oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida yuz bergan qurolli hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Fojiaga oilaviy kelishmovchilik hamda farzand vasiyligi bilan bog‘liq mojaro sabab bo‘lgan. Bu haqda CNN xabar berdi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otishma oqibatida besh kishi voqea joyida halok bo‘lgan, yana bir kishi esa shifoxonada olgan og‘ir tan jarohatlari bilan vafot etgan. Qurbonlarning to‘rt nafari ayol, ikki nafari erkak bo‘lib, ularning barchasi muassasa xodimlari bo‘lgan. Hodisa oqibatida yana bir necha kishi turli darajada jarohat olgan.

 

Huquq-tartibot idoralari ma’lum qilishicha, jinoyatda gumonlanayotgan shaxs Germaniyada tug‘ilgan, asli turkiyalik bo‘lgan 45 yoshli erkakdir. U voqea sodir bo‘lgan kuni qizi ustidan vasiylik masalasini muhokama qilish uchun markazga rasmiy uchrashuvga kelgan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, gumondorning uch oylik qizi va 34 yoshli turmush o‘rtog‘i ham otishma vaqtida binoda bo‘lgan, biroq ularga shikast yetmagan. Chaqaloq zudlik bilan ijtimoiy xizmatlar himoyasiga olingan, bolaning onasi esa politsiya tomonidan so‘roq qilinmoqda.

 

Germaniya Quyi Saksoniya ichki ishlar vaziri Daniela Berens ushbu hodisani "oldindan rejalashtirilgan va o‘ta sovuqqonlik bilan sodir etilgan jinoyat" deya baholadi.

 

Shuningdek, voqea joyidan qochishga uringan 65 yoshli avtomobil haydovchisi ham hodisaga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olingan.

 

Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer hamda kansler Fridrix Merts halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirdi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"