Sport

JCH-2026. Braziliya va Marokash dramatik tarzda keyingi bosqichga chiqdi, Germaniya esa sensatsion tarzda musobaqani tark etdi

2026-yilgi Jahon chempionatining 1/16 finalidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuvlar yakunlandi. Braziliya, Paragvay va Marokash chorak final yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

JCH-2026. Braziliya va Marokash dramatik tarzda keyingi bosqichga chiqdi, Germaniya esa sensatsion tarzda musobaqani tark etdi



Braziliya va Yaponiya o‘rtasidagi bahs turnirning eng dramatik uchrashuvlaridan biriga aylandi. Yaponlar 29-daqiqada Kaishu Sano golidan so‘ng uzoq vaqt hisobda oldinda bordi. Ikkinchi bo‘limda Kazemiro muvozanatni tikladi. Uchrashuv taqdiri esa qo‘shib berilgan daqiqalarda hal bo‘ldi. Gabriel Martinelli 90+3-daqiqada g‘alaba golini urib, Braziliyaga 2:1 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.



Germaniya va Paragvay o‘rtasidagi bahs ham keskin kurashlar ostida kechdi. Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda jamoalar g‘olibni aniqlay olmadi. Penaltilar seriyasida esa Paragvay 4:3 hisobida ustun kelib, turnirning asosiy favoritlaridan biri sanalgan Germaniyani musobaqadan chiqarib yubordi.



Kunning so‘nggi uchrashuvida Niderlandiya va Marokash o‘zaro to‘qnash keldi. Kodi Gakpo 72-daqiqada niderlandiyaliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Issa Diop 90+1-daqiqada muvozanatni tikladi. Qo‘shimcha bo‘limlarda hisob o‘zgarmagach, g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda Marokash 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, Jahon chempionatining keyingi bosqichiga yo‘l oldi. Marokash darvozaboni Yassin Bunu penaltilar seriyasidagi hal qiluvchi seyv bilan jamoasining qahramoniga aylandi.

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"