Jahon

Qozog‘istonda ikki palatali parlament faoliyati yakunlandi

Qozog‘iston prezidenti yangi siyosiy tizim — Qurultoy faoliyati qonun ijodkorligiga yangicha yondashuv asosida tashkil etilishini ta’kidladi.

Qozog‘istonda ikki palatali parlament faoliyati yakunlandi

Qozog‘istonning ikki palatali parlamenti 30-iyun kuni o‘z faoliyatini rasman yakunladi. Ostona shahrida Senat va Majlisning so‘nggi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham ishtirok etdi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Senat va Majlis qariyb 30 yil davomida mamlakat taraqqiyotiga oid muhim qarorlarni qabul qilib kelgan. Shu davrda parlament 3,5 mingdan ortiq qonunni ma’qullagan bo‘lsa, ularning 300 dan ortig‘i so‘nggi uch yil ichida qabul qilingan.

 

Yig‘ilishda Qosim-Jo‘mart To‘qayev VIII chaqiriq parlament faoliyati yakunlarini sarhisob qildi hamda deputatlarning mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi hissasini yuqori baholadi.

 

“Siz mamlakat hayotidagi o‘zgarishlarning oldingi safida bo‘ldingiz. Barcha qiyinchiliklarga qaramay, keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish uchun tinimsiz mehnat qildingiz. Eng og‘ir damlarda mas’uliyatni o‘z zimmangizga oldingiz va mamlakatimiz uchun zarur bo‘lgan islohotlarning harakatlantiruvchi kuchiga aylandingiz. Har biringiz o‘z vazifangizni munosib bajardingiz. Siz Adolatli va Kuchli Qozog‘istonni barpo etish yo‘lida fidokorona xizmat qildingiz”, — dedi prezident.

 

Prezidentning aytishicha, parlament o‘rnini egallaydigan yangi Qurultoy faoliyati zamonaviy boshqaruv tamoyillari asosida yo‘lga qo‘yiladi. Xususan:

 

  • qonun ijodkorligi jarayoni tezlashtiriladi;

  • byurokratik tartib-taomillar qisqartiriladi;

  • qonun loyihalarini ishlab chiqishda tahliliy yondashuv kuchaytiriladi;

  • e-Parliament elektron parlament tizimi joriy etiladi;

  • qonun loyihalari ekspertlar va jamoatchilik bilan keng muhokama qilinadi;

  • qarorlar qabul qilishda prognozli tahlillar, iqtisodiy oqibatlar va ijtimoiy xavflar inobatga olinadi.

 

To‘qayev, shuningdek, mamlakat yangi iqtisodiy modelni shakllantirishni davom ettirishini, bunda sanoat, transport, energetika, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolishini ta’kidladi.

 

Prezident yaqin kunlarda Qurultoy saylovlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzolashini ham ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi siyosiy tizim doirasida partiyalar o‘rtasidagi raqobat kuchayadi, saylovlar esa ochiq, halol va adolatli o‘tishi kerak.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"