Jahon

Tramp benzin narxlarini pasaytirishni talab qilib, sotuvchilarga tahdid qildi

AQSh prezidenti narxlarni sun’iy oshirish noqonuniy ekanini ta’kidlab, bunga amal qilinmasa, "katta muammolar" yuzaga kelishini aytdi.

Tramp benzin narxlarini pasaytirishni talab qilib, sotuvchilarga tahdid qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp benzin chakana sotuvchilarini yoqilg‘i narxlarini zudlik bilan pasaytirishga chaqirdi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi, deya xabar berdi Reuters.

 

"Narxlarni sun’iy oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi, bu mutlaqo noqonuniy. Agar chakana sotuvchilar buni qilmasa, oldinda katta muammolar kutmoqda. Bir gallon benzin narxini taxminan 2,50 dollar darajasiga tushirishni maqsad qiling", — deb yozdi Tramp.

 

O‘tgan hafta AQSH prezidenti Adliya vazirligiga neft kompaniyalari xom neft narxlari pasayganiga qaramay, benzin narxlarini tushirmayotganini tekshirishni topshirganini bildirgan edi. Uning fikricha, ayrim kompaniyalar iste’molchilardan sun’iy ravishda ortiqcha haq undirmoqda.

 

Joriy yilda AQSH va Isroilning Eronga bergan zarbalari hamda bunga javoban Eronning Isroil va AQSH harbiy bazalari joylashgan Fors ko‘rfazi davlatlariga uyushtirgan hujumlari fonida jahon neft narxlari keskin oshgan.

 

So‘nggi haftalarda esa Vashington va Tehron o‘rtasidagi diplomatik muloqotlar fonida AQSHda benzin narxlarida ma’lum darajada pasayish kuzatilmoqda.

 

Benzin narxlari masalasi noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlar arafasida AQSHdagi muhim siyosiy va iqtisodiy mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"