Sport

JCH — 2026: Harri Keyn Angliyani qutqardi

Inglizlar Kongo DRni mag‘lub etib, 1/8 finalga chiqdi.

JCH — 2026: Harri Keyn Angliyani qutqardi

2026 yilgi jahon chempionatining 1/16 final bosqichida Angliya terma jamoasi Kongo DRga qarshi maydonga tushdi va qiyin kechgan bahsda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

 

Uchrashuv kutilmaganda afrikaliklar ustunligi bilan boshlandi. 7-daqiqada Brayan Sipenga inglizlar darvozabonini dog‘da qoldirib, Kongo DRni hisobda oldinga olib chiqdi. 

 

Birinchi bo‘limda Angliya ko‘plab hujumlar uyushtirgan bo‘lsa-da, tanaffusga qadar hisobni o‘zgartira olmadi. Ikkinchi bo‘limda Tomas Tuhel amalga oshirgan o‘zgarishlar o‘yin sur’atini oshirdi.

 

75-daqiqada jamoa sardori Harri Keyn hisobni tenglashtirdi. Oradan 11 daqiqa o‘tib esa tajribali hujumchi yana o‘z so‘zini aytib, dublni rasmiylashtirdi va Angliyaga g‘alabani taqdim etdi. Shu tariqa, Angliya 2:1 hisobidagi irodali g‘alaba evaziga jahon chempionatining 1/8 finaliga yo‘l oldi. Kongo DR esa musobaqa bilan xayrlashdi.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.