Sport

O‘rozovga Bundesliganing yetakchi jamoasi qiziqish bildirmoqda — OAV

Futbolchi “Borussiya Myonxengladbax”ning yozgi transferlar uchun shakllantirilgan kuzatuv ro‘yxatidan joy olgan.

O‘rozovga Bundesliganing yetakchi jamoasi qiziqish bildirmoqda — OAV

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Jahongir O‘rozov faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin. 

 

Germaniyaning Kicker nashri yozishicha, 22 yoshli futbolchi “Borussiya Myonxengladbax”ning yozgi transferlar uchun shakllantirilgan kuzatuv ro‘yxatidan joy olgan. 

 

Manbaga ko‘ra, Myonxengladbax klubi yangi mavsum oldidan markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Shu sabab seleksiya bo‘limi bir qator yosh himoyachilarni kuzatmoqda va O‘rozov ham ana shunday nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. 

 

Jahongir O‘rozov ayni paytda Samarqandning “Dinamo” klubida to‘p suradi. Uning samarqandliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yakuniga qadar mo‘ljallangan. Himoyachi yaqinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida tarixiy JCH–2026 musobaqasida ishtirok etdi. 

 

U Kolumbiyaga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushgan bo‘lsa, Kongo DRga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 82 daqiqa harakat qildi. 

 

Hozircha “Borussiya Myonxengladbax” tomonidan rasmiy taklif yoki muzokaralar boshlanganiga doir ma’lumot yo‘q. Biroq Kicker ma’lumotiga ko‘ra, Bundesliga vakili o‘zbekistonlik himoyachining transferi imkoniyatlarini o‘rganishda davom etmoqda.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.