Jahon

Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi

Bolani Iordaniyadan kelgan qutqaruvchilar vayronalar ostidan olib chiqqan, hozirda 3 yoshli Kliber Moran shifoxonada davolanmoqda.

Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi

Venesuelada o‘tgan hafta yuz bergan vayronkor ikki zilziladan keyin olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida erta tongda bir bola vayronalar ostidan tirik olib chiqildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

 

Prezident vazifasini bajaruvchi Delsi Rodrigesning Telegram’da ma’lum qilishicha, Kliber Moran ismli bola La Guayra shtatidagi Los Korales Garden 1 turar joy majmuasi vayronalari ostida olti kun qolganidan so‘ng Iordaniyadan kelgan qutqaruvchilar tomonidan qutqarilgan.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Venesuelada o‘tgan chorshanba kuni bir daqiqadan kam vaqt oralig‘ida magnitudasi 7,2 va 7,5 bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘lgan. Tabiiy ofat oqibatida ko‘plab binolar qulab, minglab odamlar vayronalar ostida qolgan.

 

Delsi Rodriges bolani 3 yoshli deb atagan bo‘lsa, Milliy assambleya prezidenti Xorxe Rodriges uning 2 yoshda ekanini bildirgan. Bola qutqarilgach, tibbiy muassasaga olib borilgan.

 

“Vayronalar ostidan yana tirik odamlarni topish umidini yo‘qotmasligimiz kerak. Bugun erta tongda 2 yoshli bola qutqarildi va hozir Karakasdagi tibbiyot markazida davolanmoqda”, — dedi Xorxe Rodriges televideniye orqali qilgan murojaatida.

 

Shuningdek, BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrikning ma’lum qilishicha, seshanba kuni UNICEF tomonidan yuborilgan 47 tonna gumanitar yordam Venesuelaga yetib kelgan. 

 

Yuk tarkibiga shoshilinch tibbiy yordam to‘plamlari, xavfsiz tug‘ruq, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar parvarishi, kasalliklarning oldini olish va davolash uchun zarur vositalar kiritilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi | Zamon.uz