O'zbekiston

O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi bir yilda 20 foizga oshdi

2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning yalpi tashqi qarzi 82,2 mlrd dollarni tashkil etdi.

O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi bir yilda 20 foizga oshdi

2026-yilning I choragi yakunida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 82,2 mlrd dollarni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 2025-yilning shu davrida mazkur ko‘rsatkich 68,4 mlrd dollar bo‘lgan. Natijada tashqi qarz hajmi bir yil davomida 13,8 mlrd dollarga yoki 20 foizga oshgan.

 

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, umumiy tashqi qarzning 40,5 mlrd dollari davlat tashqi qarzi, 41,7 mlrd dollari esa korporativ tashqi qarz hissasiga to‘g‘ri keladi. Bir yil ichida davlat tashqi qarzi 4,7 mlrd dollarga, korporativ tashqi qarz esa 9,1 mlrd dollarga ko‘paygan.

 

Regulyator qayd etishicha, korporativ tashqi qarz tarkibiga xususiy sektor, jumladan, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat kafolatisiz jalb qilingan tashqi kreditlar kiradi. Mazkur qarzlar bo‘yicha davlatning moliyaviy majburiyati mavjud emas va to‘lovlar xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda banklarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2026-yil yanvar–mart oylarida umumiy tashqi qarz yil boshiga nisbatan o‘zgarmagan. Uch oy davomida yalpi tashqi qarz qoldig‘i 82,2 mlrd dollar darajasida saqlanib qolgan.

 

Markaziy bank, shuningdek, Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonning tashqi qarz yuki past darajada ekanini baholaganini eslatdi. Bunda jalb etilgan kreditlarning asosiy qismi imtiyozli shartlarda olinganiga urg‘u berilgan.

 

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, hukumat nomidan jalb qilinadigan tashqi qarzlarning cheklangan hajmi 5 mlrd dollar etib belgilangan. Shundan 2,5 mlrd dollar davlat byudjeti taqchilligini qoplashga, yana 2,5 mlrd dollari investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

 

Davlat tashqi qarzining 19,7 mlrd dollari byudjet taqchilligini qoplashga yo‘naltirilgan. Qolgan mablag‘larning 5,6 mlrd dollari yoqilg‘i-energetika sanoatiga, 3 mlrd dollari transport sohasiga, 3,3 mlrd dollari qishloq va suv xo‘jaligiga, 3,2 mlrd dollari uy-joy kommunal xo‘jaligiga, 3,6 mlrd dollari esa sog‘liqni saqlash, ta’lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa tarmoqlarga sarflangan. Shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun 624 mln dollar, kimyo sanoatini rivojlantirish uchun esa 607 mln dollar ajratilgan.

 

Davlat tashqi qarzining 22,3 mlrd dollari yoki 56 foizi xalqaro moliya institutlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Eng yirik kreditor Jahon banki bo‘lib, uning ulushi 9,04 mlrd dollarni tashkil etadi. Osiyo taraqqiyot bankidan jalb qilingan qarz qoldig‘i 8,3 mlrd dollar, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan 2,3 mlrd dollar, Islom taraqqiyot bankidan esa 1,1 mlrd dollarni tashkil qilgan.

 

Bundan tashqari, davlat tashqi qarzining 11,6 mlrd dollari yoki 29 foizi xorijiy hukumatlarning moliya institutlaridan jalb etilgan. Xususan, Xitoy banklari tomonidan 3,9 mlrd dollar, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va boshqa tashkilotlari tomonidan esa 3,1 mlrd dollar kredit ajratilgan.

 

Qolgan 5,8 mlrd dollar esa xalqaro moliya bozorlarida obligatsiyalar chiqarish orqali investorlardan jalb qilingan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.