Jahon

Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 2 300 nafarga yaqinlashdi

Hukumat zilzila qurbonlari xotirasiga 7 kunlik milliy motam e’lon qildi.

Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 2 300 nafarga yaqinlashdi

 

Venesuelada kuchli zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 2 295 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat Milliy Assambleyasi raisi Xorxe Rodriges ma’lum qildi.

 

So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida yana 11 mingdan ortiq kishi jarohatlangan, 12 800 nafar fuqaro esa vaqtinchalik boshpanalarga joylashtirilgan.

 

Qayd etilishicha, 24-iyun kuni Venesuelada ketma-ket 7,2 va 7,5 magnitudali ikkita kuchli zilzila sodir bo‘lgan. Shundan buyon 782 ta aftershok qayd etilgan bo‘lib, ularning intensivligi asta-sekin pasayib bormoqda.

 

Eng katta talafot La Guaira shahrida kuzatilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hududda kamida 100 ta bino to‘liq vayron bo‘lgan. Shuningdek, Karakas, Miranda, Aragua, Karabobo, Lara va Yarakuy shtatlarida ham jiddiy zarar qayd etilgan.

 

Milliy Assambleya raisining ta’kidlashicha, qidiruv-qutqaruv ishlari uzluksiz davom etmoqda. Biroq vayronalar ostidan tirik qolganlarni topish ehtimoli tobora kamayib bormoqda.

 

Tabiiy ofat qurbonlari xotirasiga Venesuela hukumati 1-iyuldan boshlab yetti kunlik milliy motam e’lon qildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"