Jahon

Damashqda Adliya saroyi yaqinidagi portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Ayrim fuqarolar portlashga sobiq Prezident Bashar Asadning tarafdorlari aloqador ekanini aytmoqda.

Damashqda Adliya saroyi yaqinidagi portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Suriya poytaxti Damashqdagi kafeda sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 10 nafarga yetdi. Bu haqda AP xabar berdi.

 

Portlash poytaxtdagi asosiy sud majmuasi yaqinida joylashgan, asosan advokatlar tashrif buyuradigan kafeda sodir bo‘lgan. Suriya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida yana 21 kishi jarohat olgan.

 

Rasmiylar tergov davom etayotganini bildirgan. Hujumni kim amalga oshirgani rasman aniqlanmagan. Shunga qaramay, dafn marosimida ishtirok etgan ayrim fuqarolar aybni 2024-yil dekabr oyida hokimiyatdan ag‘darilgan sobiq prezident Bashar Asad tarafdorlariga yukladi. Marosim davomida sobiq rejim tarafdorlarini jazolashni talab qiluvchi shiorlar ham yangradi.

 

Shu kuni Damashq chekkasidagi Jaramana tumanidagi nazorat-o‘tkazish punktiga ham hujum uyushtirildi. Suriyaning davlat axborot agentligi SANA xabariga ko‘ra, qo‘l granatalari bilan amalga oshirilgan hujum oqibatida uch nafar xavfsizlik xodimi yaralangan, hujumchi halok bo‘lgan va yana bir gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"