Sport

Ronalduning goli va Ramosning so‘nggi daqiqadagi zarbasi Portugaliyani finalga olib chiqdi

Xorvatiya mundial bilan xayrlashdi, Luka Modrich Jahon chempionatidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi.

Ronalduning goli va Ramosning so‘nggi daqiqadagi zarbasi Portugaliyani finalga olib chiqdi

 

2026-yilgi FIFA Jahon chempionatining 1/16 final bosqichida Portugaliya terma jamoasi Xorvatiya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning 1/8 finaliga yo‘l oldi.

 

Toronto shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Xorvatiya hisobni Ivan Perishichning 53-daqiqadagi goli evaziga ochdi. Portugaliya esa 68-daqiqada Krishtianu Ronaldu hamda qo‘shimcha vaqtning 90+4-daqiqasida Gonsalu Ramos kiritgan gollar hisobiga irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

 

Mazkur gol Ronaldu uchun Jahon chempionati pley-off bosqichidagi to‘qqiz o‘yindan keyingi ilk gol bo‘ldi.

 

Ushbu bahs Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich uchun Jahon chempionatidagi so‘nggi uchrashuv sifatida tarixga kirdi. 40 yoshli yarim himoyachi faoliyati davomida beshta mundialda ishtirok etib, Xorvatiya bilan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan.

 

Endilikda Portugaliya terma jamoasi 1/8 finalda Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 6-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.