Jahon

Tailandda dahshatli YTH: 11 yoshli bola rohiblar guruhini urib yubordi

Bola 34 nafar rohiblar ketayotgan guruhni urib yuborgan, halok bo‘lganlar soni 10 nafarga yetdi.

Tailandda dahshatli YTH: 11 yoshli bola rohiblar guruhini urib yubordi

 

Tailandning Mukdahan viloyatida 11 yoshli bola ota-onasiga tegishli pikapni ruxsatsiz boshqarib chiqib, yo‘l bo‘ylab ketayotgan buddist rohiblar guruhini urib yubordi. Hodisa oqibatida 10 nafar rohib halok bo‘ldi, yana bir necha kishi og‘ir tan jarohatlari oldi. Bu haqda AmarinTV xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bola oilasiga tegishli Isuzu rusumli pikapni olib chiqib, Mukdahan shahridan Ubon Ratchathani tomonga yo‘l olgan. Shu vaqtda u 34 nafar buddist rohibdan iborat guruhni urib yuborgan. Hodisa vaqtida yaqin atrofda bo‘lgan yana bir fuqaro ham jarohatlangan.

 

Voqea joyida besh nafar rohib halok bo‘lgan. Og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan yana besh nafar jabrlanuvchining hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. Qolgan jabrlanganlarning ayrimlari shifoxonada davolanmoqda.

 

Hodisa yuzasidan Tailand transport vazirining o‘rinbosari voqea joyiga yetib borgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fojia sodir bo‘lgan yo‘l avval ham ko‘plab yo‘l-transport hodisalari qayd etilgan xavfli hududlardan biri hisoblanadi.

 

Voqeadan so‘ng 11 yoshli bola politsiya bo‘limiga olib borilgan. Uning buvisi jurnalistlarga bolaning avtomobilni olib chiqishiga to‘sqinlik qilishga uringanini, biroq bunga ulgurmaganini ma’lum qilgan. Bobosining aytishicha, u nevarasiga hech qachon avtomobil boshqarishni o‘rgatmagan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"