Jahon

Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 2595 kishiga yetdi

Zilziladan buyon vayronalar ostidan 6462 kishi tirik qutqarilgan.

Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 2595 kishiga yetdi

 

Venesuelada 24-iyun kuni sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 2595 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakatning vaqtinchalik prezidenti Delsi Rodriges ma’lum qildi.

 

Karakasdagi La Karlota aviabazasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, 7,2 va 7,5 magnitudali ikki kuchli zilzila oqibatida 12 400 kishi turli darajada jarohat olgan. Qidiruv-qutqaruv ishlariga 33 davlatdan kelgan mutaxassislar jalb etilgan.

 

Rodrigesning bildirishicha, tabiiy ofat sodir bo‘lganidan buyon vayronalar ostidan 6462 kishi tirik holda qutqarib olingan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, zilziladan so‘ng mamlakatdagi barcha favqulodda xizmatlar zudlik bilan safarbar etilgan, fuqarolik mudofaasi tizimi hamda davlatning favqulodda vaziyatlarga javob berish mexanizmlari darhol ishga tushirilgan.

 

Shuningdek, Delsi Rodriges hukumat ofatga kech javob bergani haqidagi da’volarni rad etib, asosiy maqsad insonlar hayotini saqlab qolish ekanini ta’kidladi. U qidiruv-qutqaruv ishlarida siyosiy omillar emas, insonparvarlik tamoyillari ustuvor bo‘layotganini qayd etgan.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, zilzilalar oqibatida uy-joyini tark etishga majbur bo‘lganlar soni 12 841 nafarga yetgan. Hukumat yil yakuniga qadar boshpanasiz qolgan barcha fuqarolarni yangi uy-joy bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"