O'zbekiston

Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: o‘quvchi sig‘imi ikki baravar oshiriladi

Sergelidagi ayrim maktablar quvvatidan ikki baravar yuqori yuklamada ishlamoqda. Muammoni hal etish uchun yangi maktablarda sport zali va oshxona yerto‘laga joylashtiriladi.

Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: o‘quvchi sig‘imi ikki baravar oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilishda Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi ayrim maktablar o‘z quvvatiga nisbatan 1,5–2 baravar ko‘p o‘quvchiga xizmat qilayotgani qayd etildi. Muammoni hal etish maqsadida o‘quvchi sig‘imini ikki baravar oshirish imkonini beradigan yangi tipdagi maktablar qurish loyihasi taklif qilindi.

 

Loyihaga ko‘ra, maktablarning sport zali, oshxona va ustaxonalari yerto‘la qismida joylashtiriladi, yuqori qavatlar esa to‘liq sinf xonalari sifatida foydalaniladi. Joriy yilda Toshkent shahrining har bir tumanida bittadan maktab va bittadan bog‘chada ushbu yondashuv sinov tariqasida joriy etilib, “poytaxt tajribasi” yaratiladi.

 

Shuningdek, poytaxtda aholi va sayyohlar uchun qulay mikroiqlim yaratish maqsadida 12 ta sun’iy ko‘l barpo etish ishlari boshlanishi ma’lum qilindi. Ularning uchtasi Sergeli tumanidagi Qo‘shqo‘rg‘on, Sultonobod va Farog‘atli mahallalarida jami 22 gektar maydonda tashkil etiladi.

 

Mazkur ko‘llar poytaxt iqlimini mo‘tadillashtirish, shuningdek, fuqarolar uchun sayr va dam olish maskanlarini yaratishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

 

Bundan tashqari, “Jo‘n” kanalining Sergeli va Yangihayot tumanlari hududidan o‘tuvchi 5 kilometrlik qismini betonlashtirish ishlari boshlangan. Tuman hokimlariga yil yakuniga qadar kanal bo‘yida sayilgoh hamda salomatlik yo‘laklarini barpo etish vazifasi yuklatildi.

 

Shuningdek, Chirchiq daryosining Toshkent shahri hududidan o‘tuvchi 16 kilometrlik qismida o‘zanni mustahkamlash ishlari boshlanadi. Loyiha doirasida qo‘shimcha 300 gektar maydonda “yashil belbog‘”, sayilgohlar, piyodalar va velosiped yo‘laklari barpo etilishi rejalashtirilgan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

“Yorqin xonadon”: “Temir daftar”dagi 1 197 ta oilaga quyosh panellari bepul o‘rnatiladi

Loyiha ehtiyojmand oilalarning elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish va ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tarmoqqa sotish orqali qo‘shimcha daromad olishiga imkon beradi.

11–12-oktabr kunlari sel xavfi: 9 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

11–12-oktabr kunlari sel xavfi: 9 ta viloyat aholisi ogohlantirildi

Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Gaz quvurlari ko‘chiriladi: 8-oktabr kuni gaz vaqtincha o‘chiriladi

Gaz quvurlari ko‘chiriladi: 8-oktabr kuni gaz vaqtincha o‘chiriladi

Ko‘chirish ishlari yakunlangach, gaz ta'minoti xavfsizlik talablari asosida bosqichma-bosqich tiklanadi.

TDTU talabalari issiq va qulay turar joylarga joylashtirildi

TDTU talabalari issiq va qulay turar joylarga joylashtirildi

Yotoqxonaga avval joylashtirilgan talabalardan undirilgan to‘lovlar tadbirkor tomonidan uch kun muddatda to‘liq qaytarib beriladi.

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etadi.

Ta’limda sun’iy intellekt va ingliz tilidagi darslar: Prezidentga yangi takliflar taqdim etildi

Ta’limda sun’iy intellekt va ingliz tilidagi darslar: Prezidentga yangi takliflar taqdim etildi

Taqdimotda ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarga metodik yordamni kuchaytirish va tizimda zamonaviy yondashuvlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Toshkentda havo sifati yomonlashdi: hafta oxirigacha davom etadi

Toshkentda havo sifati yomonlashdi: hafta oxirigacha davom etadi

Bunday holatlar tungi va ertalabki vaqtlarda qisqa muddatli kuzatilishi mumkin.