O'zbekiston

O‘zbekistonda ish qidirayotganlar soni keskin ko‘paydi

MB tahliliga ko‘ra, bu holat mehnat bozorida raqobatni kuchaytirib, ayrim yo‘nalishlarda ish haqining tez oshishiga turtki bo‘lmoqda.

O‘zbekistonda ish qidirayotganlar soni keskin ko‘paydi

2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda faol rezyumelar soni 31,5 foizga oshib, 636 mingtaga yetdi. Bu haqda Markaziy Bank xabar berdi.

 

Regulyator ish qidiruvchilar sonining tez o‘sishi natijasida mehnat bozoridagi raqobat kuchayganini, bu esa ish haqlari o‘sishiga ham sezilarli turtki berayotganini qayd etdi.

 

Tahlilda so‘nggi choraklarda iqtisodiyotda bandlik barqaror kengaygani ta’kidlangan. Bandlik o‘sishining asosiy qismi xizmatlar sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgan. Xususan, moliyaviy va sug‘urta faoliyati, professional va texnik xizmatlar hamda ma’muriy va yordamchi xizmatlar yo‘nalishlarida bandlik sezilarli oshgan.

 

Markaziy bank ushbu yo‘nalishlardagi bandlik o‘sishini bozor infratuzilmasining rivojlanishi va iqtisodiyotda yangi faoliyat turlariga talab ortayotgani bilan izohladi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligida bandlikning qisqarishi mehnat resurslarining boshqa tarmoqlarga qayta taqsimlanayotgani bilan bog‘langan.

 

Sanoat va savdo sohalarida bandlikning barqaror o‘sishi kuzatilgan bo‘lib, bunda asosiy ulush xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan. Davlat korxonalarining hissasi ham ijobiy saqlangan bo‘lsa-da, uning ta’siri nisbatan cheklangan.

 

Hisobotga ko‘ra, 2026-yilning birinchi choragida mehnat bozori yuqori iqtisodiy faollik sharoitida rivojlangan. Vakansiyalar soni yillik hisobda yanvar oyida 4,5 foizga, fevral oyida esa 6,5 foizga kamaygan. Biroq mart oyida faollik tiklanib, 15,4 mingta bo‘sh ish o‘rni e’lon qilingan. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 9,8 foiz ko‘pdir.

 

Ishchi kuchiga talab eng yuqori xizmatlar sohasi va chakana savdoda saqlanib qolmoqda. Qurilish sohasida bandlik mavsumiy omillarga bog‘liq bo‘lsa-da, birinchi chorak davomida ushbu yo‘nalishda ham mehnatga talab oshgan. Umumiy ovqatlanish va ishlab chiqarish sohalarida ham ishchilarga talab yuqori bo‘lib, sezilarli faollashuv kuzatilgan.

 

Markaziy bank muqobil manbalar ham O‘zbekistonda bo‘sh ish o‘rinlari soni o‘sishda davom etayotganini ko‘rsatayotganini qayd etdi. Shu bilan birga, ishchi kuchi taklifining o‘sish sur’atlari mehnatga bo‘lgan talab o‘sishidan sezilarli darajada yuqori bo‘lib qolmoqda.

 

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yakunida O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 4,8 foizni tashkil etgan. 2026-yilning birinchi choragida o‘tkazilgan so‘rovlar ham korxonalarda xodimlarni yollash bo‘yicha kutilmalar ijobiy saqlanib qolganini ko‘rsatgan. Xususan, xizmatlar va savdo sohalarida bandlik oshishini kutayotgan korxonalar ulushi ko‘paygan, sanoatda esa kutilmalar barqaror shakllangan.

 

Markaziy bank ta’kidlashicha, so‘rov natijalari mehnat bozorida talabning barqarorligi va biznes faolligi bo‘yicha ijobiy kutilmalar saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.

 

Tahlilga ko‘ra, sohalar kesimida ish haqi miqdoridagi tafovut saqlanib qolayotgan bo‘lsa-da, mehnatga haq to‘lash barqaror o‘sishda davom etmoqda. Eng yuqori ish haqi o‘sishi moliyaviy va sug‘urta faoliyati, transport (tashish va saqlash) hamda boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida qayd etilgan. 

 

Regulyator bunga ushbu yo‘nalishlarda ishchi kuchiga talab yuqoriligi sabab bo‘layotganini bildirgan. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohalarida esa ish haqi o‘sishi nisbatan barqaror shakllangan.

 

Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekistonda o‘rtacha nominal ish haqi 17,4 foizga, real ish haqi esa 9,5 foizga oshgan.

 

2026-yilning dastlabki uch oyida xorijga chiqqan O‘zbekiston fuqarolari soni 1,63 million nafarga yetgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,6 foiz ko‘pdir.

 

Shu davrda Rossiyada patent asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni 1,34 million nafarni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan chorakka nisbatan 8,8 foizga, 2025-yilning mos davriga nisbatan esa 1,8 foizga kamaygan.

 

Markaziy bank buni mavsumiy omillar hamda tashqi mehnat bozori sharoitlaridagi o‘zgarishlar bilan izohladi. Shu bilan birga, o‘zbekistonlik mehnat migrantlari orasida boshqa davlatlarni tanlash holatlari ham kuzatilmoqda.

 

Xususan, birinchi chorakda Turkiyada ishlash uchun berilgan rasmiy ruxsatnomalar soni 70 mingtaga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 14 foizga oshgan. Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari soni  barqaror o‘sishni davom ettirib, 99,6 ming nafarga yetgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.