Sport

JCH—2026:Angliya 10 kishi bo‘lib ham Meksikani mag‘lub etdi

Chorak finalda Angliya Braziliyani musobaqadan chiqarib yuborgan Norvegiya bilan kuch sinashadi.

JCH—2026:Angliya 10 kishi bo‘lib ham Meksikani mag‘lub etdi

 

2026-yilgi FIFA Jahon chempionatining 1/8 finalida Angliya terma jamoasi Meksikani 3:2 hisobida mag‘lub etib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

 

Mexiko shahridagi "Asteka" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hisobni 36-daqiqada Jud Bellingham ochdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib u dublni rasmiylashtirib, Angliyaning ustunligini ikki to‘pga yetkazdi.

 

42-daqiqada meksikalik Xulian Kinyones hisobdagi farqni qisqartirdi. Ikkinchi bo‘lim boshida, 54-daqiqada angliyalik himoyachi Jarrell Kuansa qizil kartochka olib maydonni tark etdi va jamoasi o‘yinning qolgan qismini bir kishi kam bo‘lib davom ettirdi.

 

Shunga qaramay, 60-daqiqada Harri Keyn penaltidan gol urib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib keldi. Bu gol hujumchining turnirdagi oltinchi goli bo‘ldi. 69-daqiqada Raul Ximenes ham penaltidan aniq zarba yo‘llab, Meksikaning ikkinchi golini urdi. Biroq uchrashuv yakuniga qadar mezbonlar hisobni tenglashtira olmadi.

 

Mazkur g‘alabadan so‘ng Angliya chorak finalga yo‘l oldi. Endi inglizlar yarim final yo‘llanmasi uchun Braziliyani musobaqadan chiqarib yuborgan Norvegiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"