O'zbekiston

O‘zbekistonda “E-bozor” yagona raqamli bozor platformasi joriy etiladi

Platformada bo‘sh savdo o‘rinlari haqidagi ma'lumotlar e'lon qilinib, bir qator xizmatlar onlayn ko‘rsatiladi.

O‘zbekistonda “E-bozor” yagona raqamli bozor platformasi joriy etiladi

O‘zbekistonda bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini raqamlashtirish maqsadida “E-bozor” yagona raqamli bozor platformasi bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. Bu Hukumatning “Bozorlar va savdo komplekslarida raqamlashtirish ishlarini samarali tashkil etish hamda maishiy korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

 

Qarorga ko‘ra, “E-bozor” platformasi 2026-yil 1-oktyabrgacha sinov tariqasida, 2027-yil 1-martgacha esa to‘liq amaliyotga joriy etiladi.

 

Platforma orqali bozorlar va savdo komplekslarining pasporti, manzili, bo‘sh savdo shoxobchalari hamda savdo o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilib boriladi. Shuningdek, fuqarolar bozorlar faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan tanishishi, bozor ma’muriyatiga elektron murojaat yuborishi va unga javob olishi mumkin bo‘ladi.

 

“E-bozor” platformasi “Soliq” axborot tizimlari kompleksi tarkibida joriy etiladi. Shuningdek, har bir bozor va savdo kompleksiga soliq organlari xodimlari biriktirilib, ularning faoliyati samaradorligi har kuni tahlil qilinadi.

 

Qarorga muvofiq, bozorlar hududi va ularga tutash avtoturargohlarda to‘lovlarni yagona QR-kod orqali amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

 

Bundan tashqari, 2026-yil 1-avgustdan boshlab transport vositalarini jarima maydonchalaridan chiqarish uchun ruxsatnoma faqat ma’muriy ishni ko‘rib chiquvchi organ va ijro organi tomonidan “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali QR-kod bilan tasdiqlanib, elektron shaklda yuboriladi.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.