Jahon

Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 3 342 nafarga yetdi

Zilziladan 11 kun o‘tganiga qaramay, qidiruv ishlari davom etmoqda.

Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 3 342 nafarga yetdi

 

Venesuelada 24-iyun kuni sodir bo‘lgan 7,2 va 7,5 magnitudali ikkita kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 3 342 nafarga, jarohatlanganlar soni esa 16 700 nafardan oshdi. Bu haqda mamlakat Axborot vazirligi ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida o‘nlab binolar qulab tushgan, ayniqsa poytaxt Karakas yaqinidagi La Guaira qirg‘oq hududi eng ko‘p zarar ko‘rgan. Minglab aholi boshpanasiz qolgan.

 

Zilziladan 11 kun o‘tganiga qaramay, mahalliy va xalqaro qutqaruv guruhlari vayronalar ostida qolganlarni qidirish ishlarini davom ettirmoqda. Rasmiylar qurbonlar soni yana ortishi mumkinligini istisno qilmayapti.

 

Muvaqqat prezident Delsi Rodriges hukumatning favqulodda vaziyatga javob choralarini himoya qilib, mamlakatda ijtimoiy tartibsizliklar kuzatilmasligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, minglab qutqaruvchilar, harbiylar va davlat xizmatchilari ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlariga jalb etilgan.

 

Shu bilan birga, The Guardian nashrining yozishicha, ayrim fuqarolar hukumatning tabiiy ofatning dastlabki kunlaridagi harakatlarini tanqid qilmoqda. Xususan, xalqaro qutqaruv guruhlari yetib kelguniga qadar qutqaruv ishlari sust olib borilgani yuzasidan noroziliklar bildirilgan.

 

Sud-tibbiyot mutaxassislari qurbonlar sonining ko‘pligi sabab jasadlarni aniqlash va yaqinlariga topshirish jarayoni murakkablashganini qayd etmoqda. Mutaxassislarning baholashicha, vayronalar ostidagi barcha jasadlarni olib chiqish uchun uch oygacha vaqt talab etilishi mumkin.

 

Rasmiylarga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv ishlari to‘liq yakunlanmagani sababli qurbonlar soni yana ortishi ehtimoli saqlanib qolmoqda.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.

Husiylar Ar-Riyod aeroportiga hujum qildi: uch kishi halok bo‘ldi

Husiylar Ar-Riyod aeroportiga hujum qildi: uch kishi halok bo‘ldi

Ar-Riyod esa javoban Yamandagi husiylar nishonlariga havo zarbalari berdi.