Jahon

Venesueladagi zilzilalar qurbonlari soni 3 500 nafardan oshdi

Tabiiy ofat oqibatida 16 740 kishi jarohatlandi, qariyb 18 ming kishi boshpanasiz qoldi.

Venesueladagi zilzilalar qurbonlari soni 3 500 nafardan oshdi

 

Venesuelada iyun oyi oxirida sodir bo‘lgan ikki kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 3 535 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat parlamenti raisi Xorxe Rodriges ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 16 740 kishi jarohatlangan, 18 mingga yaqin fuqaro boshpanasiz qolgan. Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda va qurbonlar soni yana ortishi mumkin.

 

BMTning dastlabki baholariga ko‘ra, bedarak yo‘qolganlar soni 50 ming nafargacha yetishi ehtimoldan xoli emas. Venesuela hukumati hozircha bedarak yo‘qolganlar bo‘yicha rasmiy statistikani e’lon qilmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, 24-iyun kuni mamlakat shimolida, poytaxt Karakas yaqinida oradan atigi 39 soniya o‘tib, magnitudasi 7,2 va 7,5 bo‘lgan ketma-ket ikki zilzila sodir bo‘ldi. Mutaxassislar ushbu hodisani Venesuelada so‘nggi 125 yil ichidagi eng kuchli seysmik ofatlardan biri sifatida baholamoqda.

 

Tabiiy ofatdan eng ko‘p La Guayra shtati zarar ko‘rdi. Zilzilalardan keyin yuzlab aftershoklar qayd etilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 60 mingga yaqin bino vayron bo‘lgan yoki jiddiy shikastlangan.

 

Hukumat mamlakatda favqulodda holat va motam e’lon qilgan. Jabrlanganlarni joylashtirish maqsadida Karakas va La Guayra hududlarida 80 ta vaqtinchalik boshpana tashkil etilib, ularda 12 mingdan ortiq fuqaro joylashtirilgan.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.

Husiylar Ar-Riyod aeroportiga hujum qildi: uch kishi halok bo‘ldi

Husiylar Ar-Riyod aeroportiga hujum qildi: uch kishi halok bo‘ldi

Ar-Riyod esa javoban Yamandagi husiylar nishonlariga havo zarbalari berdi.