Jahon

Yangi Konstitutsiya Tokayevning qayta saylanishiga yo‘l ochdi

Avvalgi Konstitutsiya asosida saylangan prezident yangi Konstitutsiya kuchga kirgach yana prezidentlikka nomzodini qo‘yishi mumkin.

Yangi Konstitutsiya Tokayevning qayta saylanishiga yo‘l ochdi

 

Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi prezident murojaati asosida mamlakatning yangi Konstitutsiyasidagi prezidentlik muddati va davlat lavozimlariga oid normalarga rasmiy talqin berdi.

 

Sud qaroriga ko‘ra, 1995-yildagi Konstitutsiya asosida ushbu konstitutsiyaviy normalarda nazarda tutilgan lavozimlarni egallagan shaxslar 2026-yil 1-iyuldan kuchga kirgan yangi Konstitutsiya amal qila boshlaganidan so‘ng tegishli lavozimlarga qayta saylanishi yoki tayinlanishi mumkin.

 

Mazkur talqinga muvofiq, amaldagi prezident Qosim-Jomart To‘qayev ham yangi Konstitutsiya asosida prezidentlik saylovlarida yana nomzodini ilgari surish huquqiga ega bo‘ladi.

 

Qayd etilishicha, yangi Konstitutsiyaning 43-moddasi 1-bandi prezident vakolat muddatini tartibga soladi. Unga ko‘ra, bir shaxs Qozog‘iston Prezidenti etib bir necha marta saylanishi mumkin emas. Biroq Konstitutsiyaviy sud ushbu norma yangi Konstitutsiya kuchga kirgunga qadar egallangan prezidentlik vakolatlariga nisbatan qanday qo‘llanishi yuzasidan rasmiy izoh berdi.

 

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda yangi Konstitutsiya 1-iyuldan kuchga kirgan. Hujjatga ko‘ra, prezident yetti yil muddatga saylanadi va bir shaxs ushbu lavozimni faqat bir muddat egallashi belgilangan.

 

Konstitutsiyaviy sudning ushbu qarori yangi Konstitutsiya qabul qilinishidan avvalgi davrda shakllangan prezidentlik vakolatlarining yangi konstitutsiyaviy tartib bilan uyg‘unlashuviga huquqiy aniqlik kiritadi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.