Jahon

Eron AQSH zarbalaridan so‘ng Bahrayn va Kuvaytdagi nishonlarga hujum qildi

Avvalroq AQSh Eron hududidagi 80 dan ortiq harbiy nishonga zarbalar bergan edi.

Eron AQSH zarbalaridan so‘ng Bahrayn va Kuvaytdagi nishonlarga hujum qildi


 
Eron AQShning yangi havo zarbalariga javoban Bahrayn va Kuvaytdagi AQSh harbiy obyektlariga raketa hamda dronlar yordamida hujum uyushtirdi. Bu haqda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi va AQSh rasmiylari ma’lum qildi deydi Reuters.


 
AQSh Markaziy qo‘mondonligi ma'lumotiga ko‘ra, 8-iyul kuni Eron hududidagi 80 dan ortiq harbiy nishonga zarbalar berilgan. Hujumlar havo hujumidan mudofaa tizimlari, qo‘mondonlik markazlari, qirg‘oq radar tizimlari, kemalarga qarshi raketa majmualari hamda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga tegishli 60 dan ortiq tezkor katerni nishonga olgan.


 
Vashington bu amaliyotni Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida uchta tijorat kemasiga uyushtirilgan hujumlarga javob sifatida izohladi. Shuningdek, AQSh Eronning xalqaro bozorda neft sotishiga imkon bergan litsenziyani ham bekor qildi.


 
Shundan ko‘p o‘tmay, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Bahrayn va Kuvaytdagi AQSh harbiy obyektlariga qarshi "raketa va dronlardan iborat qo‘shma operatsiya" o‘tkazilganini ma'lum qildi. Eron tomoni hujum davomida AQShga tegishli MQ-9 rusumli uchuvchisiz apparat urib tushirilganini ham da'vo qilmoqda.


 
Hujum vaqtida Bahrayn va Kuvaytda havo hujumi sirenalari yangragan. Kuvayt rasmiylari mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimlari bir nechta raketa va dronlarni tutib qolganini bildirdi. Bahraynda ham mudofaa tizimlari ishga tushirilgani ma'lum qilindi. AQSH tomoni dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, zarbalar oqibatida jiddiy talafot qayd etilmaganini bildirgan.


 
So‘nggi voqealar AQSh va Eron o‘rtasida iyun oyida erishilgan sulhni yana xavf ostida qoldirdi. Tehron AQShning yangi zarbalarini kelishuvning buzilishi sifatida baholab, Vashingtonni keskin qoraladi. AQSh esa Eronni Hormuz bo‘g‘ozida xalqaro kemalarga hujumlarni davom ettirayotganlikda ayblamoqda.


Keskinlik fonida jahon bozorida neft narxlari qariyb 3 foizga oshdi. Investorlar Fors ko‘rfazi mintaqasidagi mojaro yanada kengayishi va dunyoning eng muhim dengiz savdo yo‘llaridan biri hisoblangan Hormuz bo‘g‘ozida yuk tashish izdan chiqishidan xavotir bildirmoqda.


 
AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar taqdiri ham mavhumligicha qolmoqda. Tomonlar bir-birini keskinlikni kuchaytirishda ayblayotgan bir paytda, mintaqadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat yanada murakkablashmoqda.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.