Jahon

Eron AQShni o‘zaro anglashuv memorandumini buzganlikda aybladi

AQShning so‘nggi harbiy amaliyotlari harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvga zid hisoblanadi.

Eron AQShni o‘zaro anglashuv memorandumini buzganlikda aybladi

Eron Tashqi ishlar vazirligi AQShni Eron hududiga uyushtirilgan navbatdagi harbiy hujumlar orqali urushni tugatish bo‘yicha tuzilgan bitimni buzganlikda aybladi.

 

Vazirlik bayonotida qayd etilishicha, AQSh harbiylari Eron janubidagi bir nechta kuzatuv markazlariga zarba bergan. Tehron bu harakatni BMT Nizomining 2-moddasi 4-bandiga hamda harbiy harakatlarni to‘xtatishni nazarda tutuvchi bitimning birinchi bandiga zid deb baholagan.

 

Eron TIV, shuningdek, AQSh tomonidan Eron neftini eksport qilishga oid ruxsatlarning bekor qilinishi, Hormuz bo‘g‘ozidagi manfaatlarga putur yetkazilishi va Isroilning Livandagi harbiy amaliyotlari urushni tugatish bo‘yicha erishilgan kelishuvning asosiy shartlarini izdan chiqarganini ta’kidlagan.

 

Rasmiy Tehron mintaqadagi vaziyatning keskinlashuvi oqibatlari uchun AQShni javobgar deb hisoblashini ma’lum qilgan.

 

Bayonotda Fors ko‘rfazi davlatlari va boshqa mamlakatlar xalqaro huquq normalariga rioya qilishi, ularning hududi va infratuzilmasidan Eronga qarshi harbiy harakatlar uchun foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligi lozimligi qayd etilgan.

 

Eron Tashqi ishlar vazirligi AQShning harbiy harakatlarini keskin qoralab, BMT Xavfsizlik Kengashi hamda BMT Bosh kotibini mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘z mas’uliyatini bajarishga chaqirdi.

 

Shuningdek, bayonotda Eron Qurolli kuchlari BMT Nizomining 51-moddasiga muvofiq mamlakatning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va milliy xavfsizligini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishi ta’kidlangan.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.