Jahon

Xitoyda “Maysak” tropik bo‘roni oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi

Hududlarda yog‘ingarchilik miqdori 90 santimetrgacha yetgan.

Xitoyda “Maysak” tropik bo‘roni oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi

 

Xitoyning janubiy hududlarida kuzatilgan “Maysak” tropik bo‘roni sabab yuzaga kelgan kuchli toshqinlar oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlarning 26 nafari Guangsi avtonom rayonining Nannin shahrida qayd etilgan. Bu haqda Sinxua axborot agentligi xabar berdi.


Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, kuchli yog‘ingarchilik natijasida to‘g‘onlardan biri yorilib ketgan. 8 mingdan ortiq mutaxassis,  qariyb 5 700 ta qayiq va dronlar ichimlik suvi hamda boshqa zarur yordam vositalarini yetkazish, shuningdek, suv toshqini oqibatida qamalib qolgan aholini xavfsiz hududlarga olib chiqish uchun qutqaruv operatsiyalariga jalb etilgan va 130 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi.

 

Hengjoudagi bir necha shahar va qishloqlarda chiqindilarni tozalash hamda hududlarni dezinfeksiya qilish, yo‘llarni ta’mirlash ishlari ham olib borilmoqda. Hozirga qadar 60 mingdan ortiq xonadonning elektr ta’minoti qayta tiklangan.

 

Toshqin oqibatida Guansi provinsiyasidagi Guigan hayvonot bog‘i ham zarar ko‘rganligi ma’lum qilingan. Suv toshqini hayvonlar saqlanadigan joylarga shikast yetkazgani sabab kamida 100 ta hayvon qochib ketgan. Xitoy Milliy meteorologiya markazi ma’lumotiga ko‘ra, hududning ayrim qismlarida yog‘ingarchilik miqdori 10–40 santimetrni tashkil etgan bo‘lsa, eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlarda bu ko‘rsatkich 90 santimetrgacha yetgan. Sinoptiklar yaqin kunlarda yana kuchli yomg‘irlar davom etishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Fransiyadagi noroziliklar Belgiyaga ham tarqaldi: 200 dan ortiq kishi hibsga olindi

Fransiyadagi noroziliklar Belgiyaga ham tarqaldi: 200 dan ortiq kishi hibsga olindi

Namoyishchilar ta’lim sohasidagi islohotlar va o‘qish to‘lovlarining oshirilishiga qarshi chiqmoqda.

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Hujumdan so‘ng Kramatorsk va Slovyansk shaharlarida jamoat transporti harakati to‘xtatildi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.