Jinoyat

Davlat raqamini yashirib harakatlangan "Matiz" haydovchisiga qonuniy chora ko‘rildi

YHXX "Matiz" haydovchisi va YPX xodimi o‘rtasidagi tortishuv yuzasidan izoh berdi.

Davlat raqamini yashirib harakatlangan "Matiz" haydovchisiga qonuniy chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Matiz" avtomobili haydovchisi va yo‘l-patrul xizmati (YPX) xodimi o‘rtasidagi tortishuv aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) rasmiy munosabat bildirdi.

 

YHXX ma’lumotiga ko‘ra, videoda aks etgan haydovchi bundan avval ham davlat raqam belgisining bir qismini yopib harakatlangani uchun aynan shu YPX xodimi tomonidan ogohlantirilgan. Biroq u qoidabuzarlikni takrorlagan.

 

Haydovchining o‘zi ham avval davlat raqam belgisining bir qismini skotch bilan, keyinchalik esa qora material bilan yopib harakatlanganini tasdiqladi. Uning aytishicha, ijtimoiy tarmoqqa joylagan videosi hissiyotga berilib yozilgan bo‘lib, ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan e’tiroz bildirishni maqsad qilmagan.

 

"Ular qonuniy chora ko‘rishdi. Bu ishimiz noto‘g‘ri ekanini bilardim", dedi haydovchi.

 

YHXXning bildirishicha, haydovchi ogohlantirilganiga qaramay qoidabuzarlikni takror sodir etgani sababli unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

 

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga, davlat raqam belgilarini yashirgan holda transport vositasini boshqarmaslikka chaqirdi. Idora "Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor-profilaktik tadbirlari davom etayotganini ham eslatdi.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.