Jahon

Yevropada jazirama sabab 10 mingdan ortiq odam vafot etdi

Issiq bilan bog‘liq o‘limlarning 9 mingdan ortig‘i 65 yosh va undan katta fuqarolar orasida qayd etilgan.

Yevropada jazirama sabab 10 mingdan ortiq odam vafot etdi

 

Yevropada iyun oyi oxirida kuzatilgan anomal issiq to‘lqini oqibatida 10 mingdan ortiq odam vafot etdi. Bu haqda Yevropa Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi (ECDC) hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ko‘magida faoliyat yurituvchi EuroMOMO monitoring dasturi ma’lum qildi.

 

Hisobotga ko‘ra, issiq bilan bog‘liq o‘limlarning 9 mingdan ortig‘i 65 yosh va undan katta fuqarolar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Mutaxassislar ta’kidlashicha, yuqori harorat nafaqat issiq urishiga, balki yurak-qon tomir hamda nafas yo‘llari kasalliklarining og‘irlashishiga ham sabab bo‘ladi. Ayniqsa, keksa yoshdagilar bunday ob-havo sharoitida eng xavfli guruh hisoblanadi.

 

Tadqiqot davomida Yevropaning 27 davlati milliy statistikasi tahlil qilingan. Hisobotda mamlakatlar kesimida batafsil raqamlar keltirilmagan bo‘lsa-da, iyun oyining so‘nggi haftasida Fransiya va Belgiyada o‘ta yuqori ortiqcha o‘lim ko‘rsatkichlari qayd etilgani ma’lum qilingan.

 

Germaniyaning Robert Kox instituti ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyi oxiriga kelib mamlakatda jazirama sabab taxminan 5 100 kishi vafot etgan. Shundan 4 310 nafari 22–28-iyun kunlari kuzatilgan eng issiq hafta hissasiga to‘g‘ri keladi.

 

Buyuk Britaniyadagi London Imperial kolleji tadqiqotiga ko‘ra esa, iyun oyining oxirida birgina Angliya va Uelsda qariyb 2 700 kishi issiq to‘lqini oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

 

Shuningdek, ushbu ilmiy guruh hisob-kitoblariga ko‘ra, anomal issiq Yevropaning 12 ta yirik shahrida qariyb 2 300 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Issiq tufayli eng ko‘p o‘lim holatlari Milan, Parij va Barselona shaharlarida qayd etilgan.

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Usmonov Yevropa Ittifoqidan o‘zi haqidagi asossiz ma’lumotlarni tarqatishni to‘xtatishni talab qilib sudga murojaat qilgan.

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Gana fuqarolari shaxsiy tashabbusi bilan ham urushga bora olmaydi.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.