Jahon

Apple yana dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi

Apple bozor qiymatini 4,88 trillion dollarga yetkazib, Nvidia’ni ortda qoldirdi.

Apple yana dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi

Apple sun’iy intellekt bozoridagi o‘zgarishlar fonida Nvidia’ni ortda qoldirib, dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi.

 

Kompaniyaning bozor qiymati 4,88 trillion dollarga yetgan bo‘lsa, Nvidia’ning bozor kapitallashuvi 3,5 foizga kamayib, 4,86 trillion dollarni tashkil etdi. Shu tariqa, Apple bir yildan ortiq vaqtdan so‘ng yana dunyodagi eng qimmat kompaniya maqomini qo‘lga kiritdi.

 

Nvidia avvalroq bozor qiymati 5 trillion dollardan oshgach, ushbu reytingda birinchi o‘ringa chiqqan edi. O‘tgan oy Apple sun’iy intellekt asosida ishlovchi Siri yordamchisining yangilangan versiyasini taqdim etdi. 

 

Yangi tizim foydalanuvchilarning so‘rovlarini shaxsiy kontekstni hisobga olgan holda yaxshiroq tushunishi, internetdan real vaqt rejimida ma’lumot olishi hamda murakkabroq vazifalarni bajarishi bilan ajralib turadi.

 

Founder ETFs asoschisi Maykl Monaganning fikricha, investorlar endilikda sun’iy intellekt infratuzilmasiga katta mablag‘ sarflayotgan kompaniyalardan ko‘ra, ushbu texnologiyani foydalanuvchilar uchun amaliy xizmatlarga aylantira oladigan kompaniyalarga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Uning ta’kidlashicha, Apple’ning AI yo‘nalishidagi nisbatan kam kapital xarajatlari endi kompaniya uchun ustunlik sifatida baholanmoqda.

 

Apple aksiyalarining o‘sishi kompaniyaning 30-iyul kuni e’lon qilinadigan uchinchi chorak moliyaviy natijalari arafasida kuzatilmoqda. Avvalroq kompaniya savdo hajmi 14–17 foizga o‘sishini prognoz qilgan edi.

 

Shu bilan birga, Apple bosh direktori Tim Kuk sentabr oyida kompaniya rahbarligini 2021-yildan buyon apparat muhandisligi bo‘limini boshqarib kelayotgan Jon Ternusga topshirishi kutilmoqda.

 

Ayni paytda yarimo‘tkazgichlar bozorida raqobat kuchaymoqda. Micron kompaniyasi may oyida bozor qiymatini 1 trillion dollardan oshirgan bo‘lsa, Janubiy Koreyaning SK Hynix kompaniyasi Nasdaq birjasida ro‘yxatdan o‘tdi.

 

Apple aksiyalarining o‘sishiga qaramay, AQSH fond bozori indekslari pasaydi. Savdolar davomida Nasdaq 1,6 foizga, S&P 500 0,9 foizga, Dow Jones Industrial Average esa 0,25 foizga tushdi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"