Jinoyat

Soxta my.gov.uz sayti orqali 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgan jinoiy guruh ushlandi

Ular saytni soxtalashtirib,  Instagram orqali “Kompensatsiya rasmiylashtirish markazi” nomi ostida yolg‘on reklama tarqatgan.

Soxta my.gov.uz sayti orqali 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgan jinoiy guruh ushlandi

Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz saytini soxtalashtirib, fuqarolarning bank kartalaridagi mablag‘larni o‘zlashtirish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etilganini ma’lum qildi.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy sxemani 1993-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan shaxs tashkil qilgan. U va uning sheriklari my.gov.uz platformasiga o‘xshash soxta sayt yaratib, Instagram orqali “Kompensatsiya rasmiylashtirish markazi” nomi ostida yolg‘on reklama tarqatgan.

 

Firibgarlar fuqarolarni soxta saytga yo‘naltirib, ulardan anketa to‘ldirish va bank kartasi ma’lumotlarini kiritishni talab qilgan. Natijada foydalanuvchilarning karta rekvizitlari qo‘lga kiritilib, hisobidagi mablag‘lar yechib olingan.

 

IIV ma’lumotiga ko‘ra, jinoyatni uyushgan jinoiy guruh sodir etgan bo‘lib, uning faoliyatiga 2002- va 2006-yilda tug‘ilgan shaxslar ham jalb qilingan.

 

Surishtiruv davomida guruh 26 nafar fuqaro nomiga rasmiylashtirilgan 293 ta bank kartasi — "drop" kartalardan foydalangani aniqlangan. O‘g‘irlangan mablag‘lar avval ushbu kartalarga o‘tkazilib, so‘ng Telegram messenjeridagi maxsus kriptobotlar orqali kriptoaktivlarga aylantirilgan.

 

Tergov davomida jinoiy guruh respublika bo‘ylab 456 nafar fuqarodan 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgani aniqlangan. Guruh faoliyatiga Andijon viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida chek qo‘yilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 278-6-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. 

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

custom img

Farg‘onadagi qotillik: buvisini o‘ldirgan yigit 17 yilga qamaldi

U jinoyat ishlarini yashirish uchun buvisining uyiga o‘t qo‘ygan.

custom img

Chiroqchida maktab direktori qo‘shimcha dars soatlari evaziga pora olgani uchun 2 yilga qamaldi

O‘qituvchi direktorga 50 dollar bergach, holat haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan. Tezkor tadbirda direktor qo‘lga olingan.

custom img

Buxoroda talaba qizga shahvoniy shilqimlik qilgan tyutor qamaldi

Talaba qiz sudda ular o‘rtasida avval hech qanday kelishmovchilik bo‘lmaganini aytib, tyutorga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"